Özbekistonda 1 martdan çang böroni sodir bölayotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarraçalari belgilangan me’yordan yuqori bölgani aniqlanganda aholini ogohlantiriş amaliyoti joriy etiladi.

Prezident imzolagan «Özbekiston — 2030» strategiyasini 2024 yilda amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisidagi farmonga köra, yurak-qon tomir va nafas yöllari kasalliklariga çalingan hamda soğliği havoning ifloslanişiga ta’sirçanligi yuqori bölgan boşqa fuqarolar zarur profilaktik çoralar haqida muntazam xabardor qilinadi.

Farmonda mart oyidan boşlab ölçami 500 metr kvadrat va undan ortiq bölgan quriliş obektlarida, unga kirib-çiqiş yöllarida çang va qum zarraçalarining havoga kötarilişini bartaraf etiş böyiça majburiy talablar joriy etiş topşirilgan.