Ukrainadagi uruşning 729-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukrainadagi telegram-kanallarda mamlakat qurolli kuçlari Xerson oblastining okkupatsiya ostidagi qismida joylaşgan Podo-Kalinovka qişloği yaqinida töplangan rus harbiylari ustiga zarbalar yöllagani aks etgan video tarqaldi. Ukraina qurolli kuçlari zarba berilganini tasdiqlagan. RF mudofaa vazirligi poligonga hujum haqidagi xabarlarni izohlamagan.
- «Vajniye istorii» Donetsk oblasti Volnovaxa şahri yaqinidagi poligonda saf tortib turgan vaqtda zarbaga uçrab halok bölgan 68 nafar harbiyning şaxsini tasdiqladi. Keyinroq Baykalorti ölkasidagi Borzinskiy rayoni rahbari Roman Gridin tört harbiy ölimi haqida xabar berdi.
- Anneksiya qilingan Qrimda Ukrainaning «Ґrati» naşri jurnalisti Lutfiya Zudiyevaga «OAV erkinligini suiiste’mol qiliş» moddasi böyiça ikkita protokol tuzildi.
- Volodimir Zelenskiy Oliy radaga muddatli xizmatga çaqirilganlarni demobilizatsiya qiliş töğrisidagi qonun loyihasini kiritdi. Hujjatda muddatli xizmatga çaqirilganlarga qaçon javob berilişi aytilmagan, ammo bu prezident farmoni bilan bölişi aytilgan. Rada 23 fevral kuni qonunni tasdiqlaydi.
- Bundestag Ukrainaga «uzoq masofaga harakatlanuvçi qurollar»ni yetkazib beriş töğrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Nemis naşrlari «uzoq masofaga harakatlanuvçi qurollar» formulirovkasi Ukrainaga Taurus raketalarini yetkazib berişni nazarda tutişi haqida yozmoqda, Kiyev bunday raketalarni ançadan buyon sörab kelmoqda.
Kun kadri. Kramatorsk öqqa tutilişi qurbonlariga yodgorlik

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainlarning ozod etilgan Rabotinedagi pozitsiyalari























