VEON Özbekistonda birinçi bor loyihasi joriy qilingan geolokatsiya şlyuzi platformasini işga tuşirganini e’lon qildi. Bu tijoriy xizmatlardan tortib moliyaviy xizmatlardagi firibgarlikni kamaytiriş va favqulodda xizmatlarni qöllab-quvvatlaşgaça bölgan keng miqyosda foydalaniş imkoniyatini beradi. Geoanalitik şlyuz Global mobil aloqa tizimlari assotsiatsiyasining Open Gateway tizimiga asoslangan. Loyiha dasturçilarga universal API protokollari asosida uyali aloqa operatorlari tarmoqlariga kiriş imkonini beradi.
Mobil aloqa global tizimlari assotsiatsiyasi (yoki GSMA) — dunyo böylab uyali aloqa operatorlari manfaatlarini ifodalovçi savdo taşkiloti hisoblanadi. 800 ga yaqin uyali aloqa operatorlari GSMA'ning tölaqonli a’zosi bölsa, 400 dan ortiq kompaniyalar esa, assotsiatsiyalangan a’zolardir.
Geolokatsiya şlyuzi Nokia va Infobip bilan hamkorlikda işlab çiqilgan va ilovalarga qurilmalarning joylaşuvini aniqlaş imkonini beradi. Kelajakda bu loyiha VEON guruhining barça raqamli operatorlari kesimida kengaytirilişi rejalaştirilgan, şuningdek, boşqa uyali aloqa operatorlari tomonidan litsenziyalaş uçun oçiq sanaladi.
Texnologiya davlatga qaraşli sohalar uçun ham yangi imkoniyatlarni oçadi. Masalan, favqulodda xizmatlar ma’lum joylarda odamlarni suv toşqini, zilzila yoki böron kabi yaqinlaşib kelayotgan tabiiy ofatlar haqida ogohlantirişlari mumkin. Moliyaviy taşkilotlar esa karta egasining tranzaksiya yoki bankomatdan pul yeçib oliş vaqtida hozir bölganligini aniqlaşi mumkin böladi. Tijoriy kompaniyalar uçun texnologiya mijozlar bilan muloqot qilişda yangi yondaşuvlarni yaratadi. Masalan, foydalanuvçilar restoran, dökon va boşqa köngiloçar maskanlarning ma’lum radiusida bölganlarida SMS-xabarnomalar olişlari mumkin böladi.
Geolokatsiya şlyuzi xalqaro maxfiylik qonunlari va ma’lumotlarni himoya qiliş qoidalariga muvofiq işlab çiqilgan va uçinçi tomon xizmatlariga faqat anonim ma’lumotlarnigina taqdim etadi. Muayyan foydalanuvçiga tegişli ma’lumotlar işonçli tomon sifatida faqat uyali aloqa operatorida qoladi. Tijoriy ilovalar uçun, jismoniy şaxslar bilan kommunikatsiyalar uşbu yurisdiksiyaning huquqiy siyosatiga töliq asoslanadi.
“Mobil aloqa operatorlari raqamlaştiriş orqali iqtisodiy rivojlanişda yetakçi örinda turadi. Ayniqsa, VEON işlaydigan dinamik ösuvçi bozorlarga ega mamlakatlarda. Geolokatsiya şlyuzi yordamida biz bozorlarimizda keng kölamli raqamlaştirişga imkon beruvçi eng sönggi xalqaro standartlarni joriy qilmoqdamiz”, — deydi VEON kompaniyasi guruhi boş direktori Kaan Terziöğlu.
“Open Gateway taşabbusi korporativ işlab çiquvçilarga tarmoqlarni dasturlaş va API universal tizimi orqali ulaniş imkoniyatini beradi. Bunday özaro hamkorlik ilovalarni bir marta dasturlaşni va keyin ularni butun dunyo böylab özaro boğlangan operatorlik tarmoqlari bilan integratsiyalaş mumkinligini anglatadi. Bu raqamli yeçimlarni imkon qadar tezroq amalga oşiriş imkonini beradi”, deb tuşuntiradi GSMA texnik direktori Aleks Sinkler. Şuningdek, u quyidagi fikrlarni bildirib ötdi: "VEON uşbu taşabbusni undan foydalaniş imkoniyatlari keng bölgan Markaziy va Janubiy Osiyo bozorlariga olib çiqayotganidan mamnunmiz. Biz taklif etayotgan favqulodda holatlarga qanday reaksiya körsatişdan tortib, to tijoriy rivojlanişgaça bölgan yeçimlar juda dolzarb deb öylayman va boşqa uyali aloqa operatorlari uçun ham kengaytirilişi mumkinligini bildirib ötmoqçiman".












