VEON telekommunikatsiya xoldingi “Beeline Qirğiziston” kompaniyasidagi uluşini CG Corp Global konglomeratiga tegişli CG Cell Teçnologies'ga sotiş böyiça bitim tuzganini ma’lum qildi.
VEON “Beeline Qirğiziston”ning 50,1 foiz uluşiga bilvosita egalik qiladi. Oldi-sotdi jarayonini yakunlaş muddatlari oçiqlanmagan. Bitimni Qirğiziston regulyatori ma’qullaşi kerak.
Kelişuv qiymati ham ma’lum qilinmadi. Şu bilan birga, VEON'ning qayd etişiça, butun korxona 2023 yil uçun 3,4 x EBITDA'da baholangan. Beeline'ning Qirğizistondagi EBITDA qiymati 2023 yilda 15 foizga oşib, 22 mln dollarni taşkil etgan. “Beeling Qirğiziston”ning 2023 yildagi daromadlari 13,1 foizga oşib, 56 mln dollarga yetgan.
VEON bu sotuvni holding tarkibini maqbullaştiriş va asosiy e’tiborni kompaniya faoliyat yuritayotgan kattaroq bozorlarga qaratiş maqsadi bilan izohladi.
Beeline – Qirğizistonda mobil aloqa xizmalarini taqdim etuvçi uçta yirik operatordan biri. Qöşni respublikada bu bozorda O! va Megacom provayderlari ham faoliyat yuritadi.
Niderlandiyada ta’sis etilgan VEON telekommunikatsiya şirkati 6 ta mamlakat – Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston (bu uçala mamlakatda – Beeline), Ukraina (Kyivstar), Pokiston (Jazz) va Bangladeşda (Banglalink) mobil aloqa va internet xizmatlarini körsatadi.
Özbekistonda Beeline aloqa operatorining yuridik şaxsi – “Unitel” MÇJning 70 foiz uluşi VEON Uzbekistan Holding B.V., 30 foizi VEON Central Asia B.V. kompaniyalariga tegişli.
VEON'ning eng yirik aksioneri – 47,9 foiz uluşga egalik qiluvçi LetterOne kompaniyasidir. Yana 8,3 foiz aksiya Niderlandiyada joylaşgan trast fondiga tegişli. VEON'ning qolgan 43,8 foiz aksiyalari NASDAQ va Euronext birjalarida erkin muomalada aylanadi.
Lyuksemburgda joylaşgan, texnologiyalar, soğliqni saqlaş va energetika sohalarida ham aktivlarga ega LetterOne investitsiya holdingiga rossiyalik milliarderlar Mixail Fridman va Pyotr Aven asos solgan. Ular Rossiya Ukrainaga hujum boşlagaç, 2022 yil mart oyida Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uçragaç, LetterOne'ni tark etgandi.












