Maktabgaça hamda umumiy örta ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş Ta’limni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi.
Attestatsiyaning asosiy prinsiplari: mustaqillik, xolislik, oşkoralik, şaffoflik, davriylik, majburiylik. Tasdiqlangan Maktabgaça va umumiy örta ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom quyidagilarni ham belgilaydi:
- attestatsiya komissiyalarini taşkil etiş tartibi va ularning tarkibi;
- attestatsiyadan ötkaziş haqida xulosa;
- xalqaro akkreditatsiya taşkilotlarini röyxatdan ötkaziş tartibi, şuningdek ularga qöyiladigan talablar;
- ta’lim taşkilotlarini akkreditatsiyadan ötkaziş;
- maktabgaça va umumiy örta ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan ötkaziş mezonlari.
Davlat umumiy örta ta’lim taşkiloti har yili xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini ötkaziş uçun öz faoliyatini içki baholaydi va uning natijasi böyiça töplangan ma’lumotlar hamda materiallarni onlayn tarzda ta’lim sifati monitoringi elektron platformasi orqali Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga yuboradi.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi davlat umumiy örta ta’lim taşkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oşiradi. Vazirlikka 2024 yil 1 avgustga qadar ta’lim sifati monitoringi hamda akkreditatsiya va tegişli sertifikatlar beriş elektron platformasini işga tuşiriş topşirildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholaş agentligi:
- mandat.uzbmb.uz elektron platformasi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining ta’lim sifati monitoringini yuritişga möljallangan elektron platformasiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali integratsiya qilinişini;
- har yili 10 oktyabrga qadar oliy ta’lim taşkilotlariga qabul imtihonlarida qatnaşgan umumiy örta ta’lim taşkilotlarining bitiruvçilari soni, ularning fanlar kesimidagi va jami töplagan ballari böyiça ma’lumotlar elektron şaklda taqdim etilişini ta’minlaydi.













