Ukrainada uruşning 731-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina qurolli kuçlari Azov dengizi ustida rossiyaliklarning A-50 samolyoti urib tuşirilgani haqida ma’lum qildi. Samolyot halokati haqida z-pabliklar ham yozişgan — ammo ularning versiyasiga köra, bunga «döstona zarba» sabab bölgan (ya’ni samolyot Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlari xatosi tufayli urib tuşirilgan). RF mudofaa vazirligi vaziyat yuzasidan izoh bermagan.
- «Ukrainskaya pravda» xabariga köra, Azov dengizi hududida A-50 qulaşi oqibatida rossiyalik 10 harbiy halok bölgan.
- Zaporijjya oblastining RF tomonidan anneksiya qilingan qismi gubernatori Yevgeniy Balitskiy okkupatsiyani qöllab-quvvatlamagan ukrainlar yoppasiga surgun qilinişi haqida gapirdi.
- Ukraina Oliy radasi Zelenskiyning muddatli harbiy xizmatga çaqirilganlar va uruş boşidan buyon armiyadan qytarilmagan askarlarni demobilizatsiya qiliş töğrisidagi qonunini ma’qulladi.
- Baykalorti ölkasi rasmiylari Donbassdagi Volnovaxa şahri yaqinidagi Trudovske qişloğida poligonga zarba berilişi oqibatida uşbu regiondan bölgan 16 harbiy halok bölganini tasdiqladi. BBC rus xizmati uşbu zarba oqibatida kamida 60 kişi halok bölganini xabar qilgan.
- Moskva aholisi Ukrainadagi uruşning ikki yilligi munosabati bilan Lesya Ukrainka yodgorligiga gullar keltirişdi.
- Moskvada politsiya safarbar qilingan harbiylarning rafiqalari uyuştirgan aksiya vaqtida jurnalistlarni qölga oldi.
- Yevrokomissiya prezidenti, Italiya, Kanada va Belgiya boş vazirlari keng kölamli uruşning ikki yilligida Kiyevga taşrif buyurdi.
- Lipetskda dronlar Rossiyadagi eng yirik pölat quyiş zavodiga (NLMK) hujum uyuştirdi.
- Rossiya qöşini Ukrainaga dron va raketalar bilan hujum qildi. Odessada turar joy binosi vayron bölgan, bir kişi halok bölib, uç kişi yaralangan.
Kiyevdagi yodgorlik

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Vişgorodda «Qahramonlar xoçi»





































