Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel fikriça, Ukrainadagi uruş yaqin oylarda hal qilinişi mumkin. Biroq Ukraina YeI tomonidan köproq yordamga muhtoj, dedi u 25 fevral, yakşanba kuni çop etilgan Ispaniyaning El País gazetasiga bergan intervyusida.

«Qarşilik qiliş - ğalaba qozonişdir», dedi Borrel. Uning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqining Kiyevga «fuqarolik, harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordami» Qöşma Ştatlar yordamidan köproq, ammo Yevropa Ittifoqi «Ukraina qarşilik körsatişini» istasa, «köproq va tezroq yordam taqdim etişi» kerak. 

Yevropa «uyğonişi» şart

Yevropa xavfli dunyoda yaşayotganini anglab yetdi, dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari. Endi u «uyğonişi», mas’uliyatni öz zimmasiga olişi, mudofaa qobiliyatini oşirişi va «har qanday vaziyatga» tayyor bölişi kerak. 

Jozep Borrelning qöşimça qilişiça, Yevropa davlatlari Ukrainadagi uruşda iştirok etmayapti va bu ular uçun nimani anglatişini «töliq tuşunmayapti». «Rossiya - Navalniy kabi muxolifatçilarni yoki Yevropa tuproğida qoçqinlarni yöq qilişga qodir rejim. Biz uning Yevropa ostonasida paydo bölişini va jahon ğalla bozorining 36 foizini nazorat qilişini istaymizmi?» - dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

Diplomatning ta’kidlaşiça, uni yevropaliklar agar Donald Tramp AQŞ prezidentligi saylovlarida ğalaba qozonsa, Amerika qit’adagi harbiy soyabonini yopişi mumkinligidan qörqayotgani taşvişga solmoqda. «Biz yoş dunyoda qariyotgan qit’amiz, şuning uçun qörquv va noaniqlik aralaşmasi bor», dedi Borrel.