Özbekiston elçisi Sardor Rustamboyev Hindistonning yetakçi Pioneers kompaniyalar guruhi raisi Suşil Kumar Jain bilan uçraşuv ötkazdi.
"Dunyo" xabariga köra, mazkur guruh tarkibiga kiruvçi kompaniyalar avtomobil ehtiyot qismlari, farmatsevtika mahsulotlari, quyoş panellari işlab çiqariş, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş va qayta işlaşga ixtisoslaşgan, keng miqdorda import va eksport amaliyoti bilan şuğullanadi. Şuningdek, Haldiram’s brendi ostida şirinliklar, quruq mevalar va dukkaklilar savdosi bilan şuğullanuvçi şoxobçalar tarmoğiga ega.
Muloqot çoğida Özbekistonda yetiştirilgan quruq mevalar, dukkaklilar, kavrak tabiiy yelimini Hindiston bozoriga qilinayotgan import hajmini oşiriş istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Suşil Kumar Jain Özbekistondan olib kelinayotgan mahsulotlar yuqori sifati va raqobatbardoşligi bilan ajralib turişini ta’kidlab, bu yönalişdagi aloqalarni yanada faollaştiriş uçun barça asos va imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
Ethnic Food Producs Solution Ltd. kompaniyasi biznesni rivojlantiriş böyiça direktori Ugan Jha bilan muzokaralar doirasida ham Özbekistonda yetiştiriladigan meva-sabzavot mahsulotlarini hind iste’molçilarga yetkaziş böyiça hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ugan Jha mamlakat bilan munosabatlarni faollaştirişdan manfaatdorlik bildirib, özbek mahsulotlarini keng tarğib qiliş va ilgari suriş böyiça amaliy takliflarini bildirdi.












