UNG Petro shoxobchalarida Ai-80 benzini 7000 so‘mdan sotila boshlandi
“O‘zbekneftgaz” AYoQShlarida 26 fevraldan AI-80 benzini narxi 200 so‘mga ko‘tarilib, 7000 so‘m deb belgilandi. Kompaniya'ning Kun.uz'ga bergan izohiga ko‘ra, narx oshishi import benzini qimmatlagani bilan bog‘liq.

Ochiq manbalardan olingan surat
Bugun, 26 fevraldan boshlab “O‘zbekneftgaz”ga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida eng ommabop markali benzin – Ai-80 narxi 6800 so‘mdan 7000 so‘mgacha qimmatladi. Buni Kun.uz'ga “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati tasdiqladi.
“Ha, narx 200 so‘mga qimmatlaganini tasdiqlaymiz. Bu import benzini narxi oshgani bilan bog‘liq. Benzinning 60 foizi o‘zimizda ishlab chiqarilsa, 40 foizi import qilinadi. Narxlar oshgani uchun bizda ham narx biroz qimmatladi”, – deyiladi kompaniya matbuot xizmati izohida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2023 yil yanvaridan boshlab Rossiyadan Ai-80 benzini importini boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 13 dekabrdan 2023 yil 31 dekabrgacha AI-80 markali benzin uchun aksiz solig‘ining nol stavkasi qo‘llangan, 2024 yil 1 yanvardan boshlab bu imtiyozli davr yakunlanishi bilan UNG Petro shoxobchalarida bu markadagi benzin 6800 so‘mdan sotila boshlagandi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

13:23 / 10.03.2025
430 tonna Ai-80 benzinini noqonuniy ravishda sotib yuborgan MChJ aniqlandi

23:00 / 05.03.2025
Qator kompaniyalarga to‘lovlarni elektron shaklda ham qabul qilish majburiy deb belgilandi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

16:26 / 27.02.2025