Falastindagi vaziyat

27 oktyabrdan Ğazo sektoriga yerusti operatsiyasini boşlagan Isroil qurolli kuçlari özidan keyin vayronalar va kultepalar qoldirgança Xon-Yunus tumanining ayrim qismlarini tark etgan. Tumandagi yöllar buldozerlar va aviazarbalar bilan vayron qilingan. Maan va Bani Suhayla şaharlari Isroil armiyasi tomonidan vayronaga aylantirilgan.

Isroil tomonidan Falastin hududlarining okkupatsiya qilinişi xalqaro odil sudlovni haqoratlaş, degan Arab davlatlari ligasi öz bayonotida.

Haagadagi BMT Xalqaro sudida Isroilning okkupatsiya ostidagi Falastin hududlaridagi harakatlarining huquqiy oqibatlariga bağişlangan eşittiruvlar çoğida Isroil tomonidan Falastin hududlarining uzoq muddatdan buyon okkupatsiya qilinişi xalqaro odil sudlovni haqorat qilişdan boşqa narsa emasligi ta’kidlangan.

Xuddi şu sudda Afrika Ittifoqi Xalqaro hamjamiyat «Falastin xalqini laqillatib kelgani»ni ta’kidlagan.

Ğazoliklar oçlikdan ösimliklar bilan taomlanişga majbur bölayotgan bir paytda Falastin çegaralaridan narida yuzlab yuk maşinalari oziq-ovqatlar ortilgan holda navbatini kutib turibdi. Isroil ularning Ğazo hududiga kiritilişiga ruxsat bermayapti.

Hattoki Ğazoga insonparvarlik yordam jönatgan Iordaniya ularni havo şarlariga boğlab uçirişga majbur bölgan. Biroq oziq-ovqatlarning juda katta qismi möljaldan adaşib, oçiq dengiz uzra uçib ketgan. 

Falastinda hukumat almaşmoqda

Falastin prezidenti Mahmud Abbos boş vazir Muhammad Ştayya boşçiligidagi hukumatni iste’foga çiqardi. Dubayning Asharq News naşri ma’lumotlariga köra, Falastin ma’muriyatining yangi hukumati şu haftaning söngiga qadar şakllantirilişi mumkin.

Boş vazir Muhammad Ştayya boşçiligidagi vazirlar mahkamasi yangi hukumat şakllantirilgunga qadar hukumat tepasida qoladi. Yangi texnokratik hukumatni ayni paytda hukumat investitsiya fondi rahbari bölib işlayotgan Muhammad Mustafo boşqarişi mumkinligi aytilmoqda.

U yangi hukumat tuzişi, Ğazoni Jahon banki nazorati ostidagi mustaqil organ yordamida qayta tiklaş rejasini işlab çiqişi kerak böladi. Muhammad Mustafo, şuningdek, Falastin ma’muriyatining moliyaviy, huquqiy va ma’muriy islohotlariga ham boş-qoş böladi.