Prezident Şavkat Mirziyoyevga 27 fevral kuni Toşkent şahrida sanoat va xizmat körsatiş sohalari hamda infratuzilmani rivojlantiriş böyiça hujjatlar loyihalari yuzasidan axborot berildi. 

Qayd qilinişiça, «Özbekiston–2030» strategiyasini «Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturida tadbirkorlikni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş, suv va boşqa tabiiy resurslardan unumli foydalaniş, hududlarning turizm salohiyatini röyobga çiqariş, aholining uy-joy şaroitlari va şaharlar infratuzilmasini yaxşilaş böyiça qator maqsad va vazifalar belgilangan. Yiğilişda bu boradagi işlarni poytaxtda taşkil etiş masalalari muhokama qilindi. 

Xususan, tadbirkorlik sub’yektlarining investitsiya loyihalarini amalga oşirişni soddalaştiriş maqsadida Toşkent şahrida aksiyadorlik jamiyati şaklida «Toşkent invest kompaniyasi» taşkil etilgan. Kompaniya böş yer uçastkalari negizida investitsiya loyihalari va davlat-xususiy şeriklik, şu jumladan renovatsiya loyihalarini amalga oşiriş bilan şuğullanadi. 

Şu munosabat bilan davlat-xususiy şeriklik şartlarida loyihalarni amalga oşirişning soddalaştirilgan tartibi, poytaxtda renovatsiya loyihalarini amalga oşiriş tartibi, «hayotiy davr şartnomasi» asosida hamkorlik qiliş tartibi tasdiqlanmoqda. 

Taqdimotda Yangihayot tumanining sanoat salohiyatini oşiriş va yuqori texnologiyalarga asoslangan işlab çiqarişlarni yölga qöyiş maqsadida taşkil etilişi rejalaştirilgan «Yangi avlod» maxsus sanoat zonasi töğrisida axborot berildi. 664,5 gektar maydonni egallaydigan sanoat zonasi hududida yaqin yillarda 1,5 mlrd dollar miqdorida töğridan-töğri çet el investitsiyalarini özlaştiriş, 2,5 mingta yangi iş örinlarini yaratiş, yiliga 1 trillion sömdan ortiq sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş va 5 million dollar miqdorida eksport amalga oşiriş rejaliştirilmoqda. 

Poytaxtda turizm xizmatlari va infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça takliflar ham körib çiqildi. 

Şu maqsadda Toşkentning Mirobod, Olmazor, Çilonzor, Uçtepa, Şayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy va Yaşnobod tumanlarida tegişli çora-tadbirlar dasturini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Dasturda «Gastronomik turizm» va «hunarmandlar köçasi»ni taşkil etiş, zamonaviy savdo-servis obektlari va mehmonxonalar quriş, kanallar böyida yaşil va dam oliş hududlarini barpo etiş közda tutilgan.