Falastindagi vaziyat
Ğazo sektori janubidagi Rafah şahriga hujum qiliş falokat bilan tugaşi mumkin. Bu haqda BMTning bolalar fondi UNICEF ijroçi direktori Ketrin Rassel ta’kidlab ötgan.
Xalqaro hamjamiyat e’tirozlariga qaramasdan Isroil rasmiy şaxslaridan Rafahga yer ustidan hujum qiliş töğrisidagi rejalar haqidagi bayonotlar yangrab turibdi.
Rasselning qayd etişiça, 300 ming aholi yaşaydigan Rafah şahrida ayni paytda Isroil zarbalaridan qoçgan qoçqinlar bilan birga 1,5 milliondan ortiq odam yaşamoqda.
Uning qayd etişiça, şu paytgaça Ğazoda öldirilgan 30 ming tinç aholi vakillaridan 70 foizini bolalar va ayollar taşkil etadi. Rasselning ogohlantirişiça, Isroilning Rafahga ehtimolli hujumi tinç aholi vakillari örtasida qurbonlar va yaradorlar sonini keskin oşiradi.
7 oktyabrdan buyon Isroil Ğazodagi har bir kvadrat kilometr maydonga örtaça 192 tonnadan bomba yoğdirgan. Agar bombardimon qiliş işlari hozir töxtatilgan taqdirda ham, Ğazo sektorini tiklaş uçun asrimiz oxirigaça vaqt ketadi.
Qatar Taşqi işlar vazirligi 27 fevral kuni Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş va garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça muzokaralarda hozirça heç qanday siljiş yöqligini ma’lum qildi.
Misr va AQŞ bilan birgalikda vositaçi sifatida işlayotgan Qatar TIV bayonotida aytilişiça, ayni damda «sulh böyiça muzokaralarda va garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça kelişuvda muvaffaqiyat yöq».
Bir kun avval AQŞ prezidenti Jo Bayden Ğazo sektori böyiça kelişuvga kelasi duşanba kuni, ya’ni 4 martgaça erişilişiga umid bildirgan edi.
Biroq ertasi kuni HAMAS vakili Baydenning umidlari «harbiy vaziyat»ga töğri kelmasligini va hal qilinişi kerak bölgan katta böşliqlar mavjudligini ta’kidlagan.
BMT esa Ğazo sektori kuçli oziq-ovqat yetişmovçiligiga duçor bölganini ma’lum qildi. Ğazoning qariyb barça aholisi oziq-ovqat yordamiga muhtoj, eksklav aholisining törtdan bir qismi oçarçilik yoqasiga kelib qolgan.
Ukraina fronti
Isroil Ukrainaga raketa zarbalaridan ogohlantiruvçi tizimni topşirişga tayyorgarlik körmoqda. Bunday tizim raketa uçirilganini erta aniqlab beradi hamda raketalar va dronlar hujumidan yaxşiroq himoyalanişni ta’minlaydi.











