Pavel Durov mart oyidan boşlab Telegram kanallari egalari öz blogidagi reklama uçun royaltining bir qismini olişi mumkinligini e’lon qildi.
Xususan, gap yuzdan ortiq mamlakatlarda işga tuşiriladigan Telegram Ad Platform reklama monetizatsiya platformasi haqida bormoqda. Bu mamlakatlarda mualliflar Telegram öz kanallaridagi reklama bannerlaridan oladigan foydaning 50 foiziga ega böladi.
Ammo bir şart bor: daromadni faqat Toncoin kriptovalutasida oliş mumkin. Durovning qayd etişiça, bu mualliflarga daromad bilan nima qilişni mustaqil hal qilişda yordam beradi: uni çiqarib oliş yoki kanal rivojiga sarmoya sifatida sarflaş.
Telegram platformasida reklama 2021 yilda paydo bölgan. U faqat 1000 yoki undan ortiq obunaçi bölgan kanallarda körsatiladi, şaxsiy suhbatlar va guruhlarda körsatilmaydi. Foydalanuvçilar uni Premium obunasi bilan öçirib qöyişi mumkin, biroq kanal egalari reklama ustidan nazoratga ega emas: ular reklama blokini öçira olmaydi yoki uning mazmuniga ta’sir qila olmaydi.












