1 mart kuni Moskvadagi «Borisovskiy» qabristonida rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning dafn marosimi bölib ötdi.
Dafn marosimidan oldin şaharning Maryino rayonidagi çerkovda uning ma’rakasi ötkazildi. Ma’raka qisqa böldi, atigi 20 daqiqa davom etdi. Navalniy bilan faqat yaqinlari va qarindoşlari xayrlaşiş imkoniga ega bölişdi. U bilan xayrlaşiş uçun kelgan minglab odamlar çerkovga kiritilmadi. Şundan söng, uning tobuti qabristonga olib ketildi. Yiğilgan odamlar uning tobutiga gullarni otişdi.
Qabristondagi dafn marosimiga ham faqat uning yaqinlari va qarindoşlari kiritildi. Politsiya minglab odamlarga dafn marosimida iştirok etişga imkon bermadi.
Uning tobuti kömilayotganda amerikalik xonanda Frenk Sinatraning «My Way» qöşiği, şuningdek, «Terminator-2» filmining yakunidagi musiqa yangradi. Ta’kidlanişiça, bu marhumning sevimli filmi bölgan.
16 fevral kuni Rossiyaning Yamalo-Nenets avtonom okrugi Federal jazoni ijro etiş xizmati (FJIEX) Navalniyning koloniyada ölganini ma’lum qildi. Departamentga köra, «Navalniy sayr paytida özini yomon his qilgan, deyarli darhol huşini yöqotgan».
FJIEX xizmati xabarida aytilişiça, «qamoqxona tibbiyot xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan va tez yordam brigadasi çaqirilgan». «Barça zarur reanimatsiya çoralari körilgan, biroq ijobiy natija bermagan. Şoşilinç tibbiy yordam şifokorlari mahkumning ölimini tasdiqlaşgan». Biroq, uning jasadi faqat 24 fevral kuni yaqinlariga topşirildi.
Navalniy sud qaroriga köra, ekstremistik guruh yaratiş jinoiy işi böyiça 19 yillik qamoq jazosini Yamalo-Nenets avtonom okrugining Xarp qişloğidagi IK-3 qamoqxonasida ötayotgan edi. Bungaça u bir qator boşqa jinoyatlar, jumladan, firibgarlik uçun ham sudlangan.












