Ğazodagi qöldan yasalgan halokat, Ozarboyjonga Yevropadan sanksiya xavfi va uçinçi ştatda taqiqqa uçragan Tramp - kun dayjesti
|01:25 / 01.03.202411 2888 min
Sönggi bir kun içida jahonda sodir bölgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlar şarhi bilan odatdagidek taniştirişda davom etamiz.
Falastindagi vaziyat
AQŞdan Isroilga sönggi muddat berilmoqda. Axios USA yangiliklar saytining xabariga köra, rasmiy Vaşington Isroil hukumatiga mart oyining söngiga qadar AQŞ qurollaridan foydalanişda xalqaro qonunlarga rioya etişga majburlovçi hujjatni imzolaş uçun muddat bergan.
Şu hujjatning özida Isroil hukmuatiga Ğazo sektoriga insonparvarlik yordamlarini tösiqsiz kiritiş haqida sörov ham bor. Isroil öz majburiyatlarini bajarmasa, okkupatsiya ostidagi hududlarda işlatiş uçun qurol-yaroğlar jönatiş «vaqtinça» töxtatib turiladi.
BMT Ğazoda qöldan yasalgan halokat davom etayotgani haqida bong urmoqda. 23 yanvardan buyon Ğazoning şimoliy qismiga BMT oziq-ovqat yetkaza olmayapti, degan BMTning falastinlik qoçqinlar işlari böyiça oliy komissari Filipp Lazzarini.
«Bu qöldan yasalgan halokat», — deb yozgan Lazzarini X ijtimoiy tarmoğida va qamal qilingan eksklavga köproq oziq-ovqat olib kirişga ruxsat etilsa tobora tahdid solayotgan oçarçilikning oldi olinişi mumkinligini qöşimça qilgan.
BMT Xalqaro sudining yanvar oyida çiqarilgan, tel-Avivga Falastin eksklavining tinç axolisini genotsid qilişni bas qiliş va ularga insonparvarlik yordami yetkazilişini ta’minlaş çoralarini köriş töğrisidagi oraliq qaroriga qaramasdan, agentlikning oziq-ovqat yordami yetkaziş töğrisidagi çaqiriqlari «e’tiborsiz qolgan».
2023 yilning 7 oktyabridan buyon Isroilning Ğazoga şiddatli bostirib kirişi hududdagi 85 foiz tinç aholining öz turar joylarini taşlab çiqişiga, total qamal esa oziq-ovqat, toza suv va dori-darmon yetişmovçiligiga olib kelgan.
Ukrainaga yordam
Pentagon Ukrainaga ajratilgan sönggi 4 mlrd dollarni öz arsenalidagi qurol-yaroğ va öq-dorilarni töğridan töğri Ukrainaga yetkazib beriş uçun foydalaniş masalasini körib çiqmoqda, deb xabar beradi CNN telekanali.
Telekanal hamsuhbatiga köra, bu borada hozirça yakuniy töxtamga kelinmagan. Amerikalik yuqori martabali mulozimlar uşbu summaning heç bölmasa bir qismidan şu yölda foydalanişni muhokama qilişmoqda.
Belgiya Ukraina uçun öq-dorilar xarid qiliş böyiça Çexiya taşabbusiga 200 mln yevro ajratadigan böldi. Bu haqda Belgiya boş vaziri Aleksander de Kroo aytib ötgan.
Mavzuga oid
«Biz heç qaçon Ukraina har kuni berayotgan qurbonlarga tenglaşa olmaymiz», — degan dk Kroo.
Belgiya boş vaziri Rossiya agressiyasiga qarşi tura olişi uçun Zelenskiyga u söragan narsa, ya’ni köproq öq-dorilar beriş kerakligini ta’kidlagan.
«Belgiya Çexiyaning bu boradagi taşabbusini 200 mln yevroga moliyalaştiradi. Qöşimça öq-doriilar yaqin haftalarda yetkaziladi», — degan de Kroo.
Avvalroq Çexiya Ukraina uçun 800 mingta artilleriya snaryadlari topgani e’lon qilingan edi.
Yevropa Ittifoqi Ukraina uçun 50 mlrd yevro ajratiş uçun tört yillik rejani yakuniy tasdiqladi.
Yevropa Ittifoqi kengaşi 2027 yilgaça budjetni körib çiqişning örta muddatini tasdiqladi. Unga köra, Ukraine Facility mexanizmi — 50 mlrd yevrolik tört yillik reja ham ta’sis etilgan.
Ozarboyjonga sanksiya xavfi
Yevropa parlamenti taşqi siyosat va Yevropa Ittifoqining xavfsizlik siyosati böyiça ikkita rezolyutsiya qabul qildi. Rezolyutsiyalar Ozarboyjonga nisbatan sanksiyalarni nazarda tutadi va ularning har biri Yevropa Ittifoqini quyidagilarga çorlaydi.
«Ozarboyjonga qarşi sanksiyalar joriy qiliş va Energetika sohasida Ozarboyjon bilan strategik hamkorlik töğrisidagi anglaşuv memorandumini harakatdan töxtatiş»;
«Agar Armanistonga nisbatan har qanday harbiy agressiya qöllanilsa Ozarboyjonning siyosiy va harbiy rahbariyatiga nisbatan maqsadli va individual sanksiyalar joriy qilişga tayyor böliş, neft va gaz importini töxtatiş»;
«Armanistondagi Yevroittifoq mandatini kuçaytiriş, uning hajmini oşiriş va amal qiliş muddatini uzaytiriş, şuningdek Turkiya bilan çegarada kuzatuvçilar joylaştiriş»
«Ozarboyjon bilan hamkorlik töğrisidagi bitim böyiça muzokaralarni töxtatiş».
Eslatib ötamiz, Armaniston tomoni Ozarboyjonni harbiy agressiyada ayblab kelmoqda. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarboyjonda Armanistonga nisbatan kuç işlatiş rejasi yöqligi, bularning barçasi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning vahimasi ekanini aytib ötgan.
Nima bölganda ham, Yevropa KXŞTdagi iştirokini muzlatib, Rossiyadan qölini yuvib qöltiğiga urgan Armaniston taraf bölib, ehtiyot çoralarini körib qöymoqda.
Rossiyaliklar uruş haqida
Rossiyaliklarning qariyb 60 foizi Putin Ukrainada qanday maqsadlarga erişganini tuşuntirib bera olmagan. Rossiya fuqarolari ommatan uruşni qöllab, Ukrainadagi «maxsus harbiy amaliyot»ni «muvaffaqiyatli» ketayotganini ta’kidlayotgan esa-da, ularning katta qismi ötgan ikki yil içida prezident Vladimir Putin aynan qanday maqsadlariga erişganini sanab bera olmagan.
Bu RussianField sotsiologlari tomonidan fevral oyida ötkazilgan sörovnomada öz aksini topgan. Söralganlarga berilgan savollar qatorida «Ayni paytga kelib harbiy operatsiyaning qanday maqsadlariga erişildi?» degan savol ham bölgan.
Söralganlarning 58,9 foizi birorta maqsad sanay olişmagan. 35,8 foiz odam «javob berişga qiynalgan», yana 23,1 foizi «heç qanday» deb javob bergan.
2022 yilning fevralida Ukrainaga bosqinni e’lon qilar ekan, Putin Ukrainani «denatsifikatsiya» va «demilitarizatsiya» qiliş maqsadi qöyilganini ta’kidlagan edi. Ikki yil ötgaç, «denatsifikatsiya» maqsadiga erişilganini 0,9 foiz, «demilitarizatsiya» qilinganini 1,5 foiz odam sanab ötgan.
Putin dunyoga «Rossiyaning kuçini körsatib qöygani»ni 2,3 foiz, Donbass aholisini «himoya» qilganini 2,2 foiz, xalqni birlaştirib uning butunligini ta’minlaganini 1 foiz söralganlar ta’kidlab ötişgan. Sörovdan körinadiki, bu uruşni ayrim rossiyaliklar istiloçilik uruşi deb hisoblaşadi. Çunki 17 foiz söralganlar bosib olingan hududlar asosiy maqsad ekanini ta’kidlaşgan.
Vengriyada onalarga soliq imtiyozi
Vengriyada tört va undan ortiq farzand körgan ayollar umrbod soliqdan ozod qilinadigan böldi
The National News xabariga köra, bu çora 2015 yilda boşlangan iqtisodiy rağbatlantiriş paketining bir qismi bölib, ayollarni köproq farzand körişga undaydi.
Imtiyozlar sirasiga uy-joy böyiça yordam, foizsiz kreditlar va ipoteka çegirmalari ham kiradi.
Vengriya boş vaziri Viktor Orban tuğiliş darajasini mamlakat uçun strategik ahamiyatga ega bölgan masala, deb e’lon qildi. Boşqa rivojlangan mamlakatlar singari Vengriyada ham aholi soni yildan yilga kamayib bormoqda, tuğiliş darajasi har bir ayolga atigi 1,45 bolani taşkil etadi, bu aholi sonini barqaror saqlab qoliş uçun zarur bölgan körsatkiç — 2,1 dan ança past.
Yeçimlardan biri immigratsiya. Biroq Viktor Orban buni Vengriya uçun tahdid sifatida rad etadi.
«Immigratsiya kapitulyatsiya demakdir», — degan Orban. Vazir Vengriya köproq bolalarini xohlaşi va ayni vaziyatda immigratsiya emas, tuğiliş yeçim ekanini aytgan.
Trampga yana taqiq
AQŞning sobiq prezidenti, navbatdagi prezidentlik saylovlariga qizğin tayyorgarlik körayotgan Donald Trampga AQŞning uçinçi ştatida praymerizda iştirok etiş taqiqlab qöyildi
Illinoys ştati sudi ştat saylov komissiyasiga 19 mart kuni respublikaçilar örtasida ötkaziladigan dastlabki saylovlar (praymeriz) da uning nomini saylov byulletenlaridan olib taşlaşni buyurdi. Sobiq prezident 1 martga qadar qaror ustidan apellyatsiya berişi mumkin.
Avvalroq Tramp Kolorado va Men ştatlarida 5 mart kuni ötadigan «superseşanba» doirasida praymeriz qatnaşuvçilari röyxatidan olib taşlangan edi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi