Özbekistonda 2023 yil 12 oyida sodir etilgan 363 ta qotillikning 141 tasi yoki 38,8 foizi oila-turmuş doirasidagi nizolar oqibatida kelib çiqqan. Bu haqda Senatdagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi majlisida ma’lum qilindi.
Bunga sabab sifatida oilalardagi notinçlik, nizolarning öz vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatçilikning e’tiboridan çetda qolgani körsatilgan.
2024 yil 17 yanvar kuni Samarqand viloyatida yaşovçi, 2014 yildan buyon ruhiy kasalliklar kasalxonasida röyxatda turuvçi, ruhiy kasal, 49 yoşli fuqaro uyida özaro janjal oqibatida birga yaşagan, 2019 yildan buyon ruhiy kasalliklar kasalxonasida röyxatda turuvçi 26 yoşli öğlini boşiga bolta bilan urib öldirgan.
Yoşlarning muammolarini bartaraf etişga lozim darajada e’tibor qaratilmagani oqibatida 2023 yilda yoşlar va voyaga yetmaganlar örtasida sodir etilgan jinoyatlar 2022 yilga nisbatan 5,3 foizga ortgan (3599).
Bundan taşqari, 12 mingga yaqin işsizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilgani, joylarda aholini iş bilan ta’minlaş masalalari samarali hal etilmayotganini körsatgan.
Avvalroq Özbekistonda voyaga yetmaganlar eng köp jinoyat sodir etgan hudud ma’lum qilingandi.











