Qayd qilinişiça, viloyatda çet ellik investorlar bilan hamkorlikda maşinasozlik, şaharsozlik, kimyo, töqimaçilik, quriliş materiallari, tibbiyot, oziq-ovqat kabi muhim tarmoqlarda önlab loyihalar işlab çiqilmoqda. Taqdimotda umumiy qiymati 660 million dollardan ziyod 18 ta loyiha haqida axborot berildi.
Xususan, yuk elektromobillari, akkumulyatorlar uçun nikel sulfat, arxitektura oynalari, şişa idişlar, quriliş materiallari, lak-böyoqlar va mato işlab çiqariş, mehmonxona, şifoxona, köngiloçar maskanlar va yöllar quriş, ekoturizmni va baliqçilikni rivojlantirişga qaratilgan loyihalar taqdimoti ötkazildi.
Davlat rahbari ularning taşabbuskorlari bölgan çet ellik investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan suhbatlaşdi. Loyihalarning iqtisodiy samaradorligi haqida fikr almaşilib, ularni jadallaştiriş, tadbirkorlarga qöşimça şaroit yaratiş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berdi.

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev «Xiva klaster» mas’uliyati çeklangan jamiyatining töqimaçilik korxonasi faoliyati bilan tanişdi.
«Xiva klaster» Xiva tumanida joylaşgan bölib, Turkiya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan uskunalar örnatilgan. Ötgan yil noyabrda işga tuşirilgan korxonada 500 kişining bandligi ta’minlangan.
Korxona yiliga 7 ming tonna ip-kalava, 4 ming tonna trikotaj mato, 10 million dona tikuv-trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş quvvatga ega. Eng muhimi, ularning sifati xalqaro standartlarga javob beradi. Şu bois işlab çiqarilayotgan mahsulotlar töliq eksportga yönaltiriladi. Korxonanning yillik eksport salohiyati 15 million dollar atrofida.

Davlat rahbari bu yerdagi işlab çiqariş jarayonini közdan keçirdi, tikuvçi xotin-qizlar bilan suhbatlaşdi.
Umuman, klaster tomonidan 2018-2023 yillarda 105 million dollarlik loyihalar amalga oşirilib, yillik 50 million dollarlik eksport quvvati yaratilgan. Klaster jami 800 dan ortiq yigit-qiz işlamoqda. Jumladan, hozir boşqa korxonalar bilan hamkorlikda yoğ, sovun, tuxum, sut mahsulotlari, poyabzallar kabi 20 ga yaqin tovarlar işlab çiqarilmoqda.













