Argentina prezidenti Xaviyer Miley avvalroq Rossiyadan olgan ikkita Mi-171Ye vertolyotini Ukrainaga topşirdi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Miley «erkinlikni himoya qiluvçi mamlakatlar» bilan ittifoq tuzişni ma’qul köradi, şu jumladan AQŞ, Isroil va Ukraina bilan, deb yozdi naşr. Ta’kidlanişiça, Miley Rossiyada işlab çiqarilgan ikkita harbiy vertolyotni Ukrainaga topşirgan.
Argentina prezidenti joriy yilda Ukraina uçun «Lotin Amerikasining qöllab-quvvatlaşi» sammitini ötkazişni rejalaştirayotganini aytdi. Bu Braziliya prezidenti Lula da Silva va Meksika yetakçisi Andres Manuel Lopes Obrador kabi Lotin Amerikasi yetakçilarining xatti-harakatlaridan keskin farq qiladi. Rossiya-Ukraina uruşida Braziliya va Meksika köproq neytral pozitsiyani egallagan.
Mi-171Ye sovet davrida işlab çiqarilgan Mi-8 vertolyotining köplab versiyalaridan biri bölib, 1961 yilda birinçi parvozini amalga oşirgan. Argentina harbiy-havo kuçlariga Rossiyadan 2011 yilda yetkazib berilgan. Vertolyotlar asosan Argentinaning Antarktida stansiyalarini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, qidiruv-qutqaruv işlarini olib boriş uçun möljallangan edi.

















