Dunyoda sodir bölayotgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning muxtasar şarhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda taniştirişda davom etamiz.
Ğazodagi vaziyat
Isroilning 7 oktyabrdan buyon Ğazo sektorida davom etib kelayotgan agressiyasi qurbonlari soni 30 mingdan oşdi va 30 ming 228 kişiga yetdi.
Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi bergan ma’lumotlarga köra, qamal qilingan eksklavdagi uruşning 147-kuniga kelib 71 ming 377 kişi turli darajada yarador qilingan.
Sönggi sutka içida Isroil qöşinlari 16 marta ommaviy qirğin ötkazgan, unda 193 kişi halok bölgan, 920 kişi jarohatlangan.
Ğazo şahri janubidagi Nablusi çorrahasida röy bergan fojia qurbonlari soni 112 kişiga yetgan.
AQŞdagi Isroil elçixonasi oldida öziga öt qöygan harbiy AQŞning davlat sirlariga ruxsati bölgan.
New York Post gazetasi Ğazo sektoridagi genotsidga hamda AQŞning Isroilni qöllab-quvvatlayotganiga isyon sifatida öziga öt qöygan harbiy Aaron Buşnell haqida yangi ma’lumotlar tarqatdi.
Ma’lumotlarga köra, 25 yoşli uçuvçi harbiy razvedkaning mutlaqo maxfiy ma’lumotlari bilan tanişişga ruxsati bölgan. Buşnellning dösti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga köra, u Isroil tomonidan Ğazoda qöllanayotgan genotsidda AQŞning roli tafsilotlari bilan tanişib çiqqaç, çiday olmagan.
Rossiyaning Ukrainaga şartlari
2022 yilning bahorida Rossiya va Ukraina örtasidagi sulh muzokaralari çoğida Rossiya tomoni Ukraina oldiga qöygan şartlari tafsilotlari Wall Street Journal naşri tomonidan oşkor qilindi.
Naşr 2022 yilning 15 aprel sanasi bilan imzolangan 17 betli hujjat bilan tanişib çiqqan.
Uruş boşlanganidan köp ötmay Moskva va Kiyev tomonidan muzokara jarayonida muhokama qilingan bu yangi sulh şartnomasida Rossiya Ukrainadan yangi agressiyadan mutlaqo himoyalanmagan davlatga aylanişni talab qilgan. Garçi Ukrainaga Yevropa Ittifoqi a’zosiga aylaniş uçun monelik qilinmagan bölsa-da, boşqa davlatlar bilan harbiy hamkorlik qiliş taqiqlangan. Ukraina qurolli kuçlari soni 85 ming kişi, 342 ta tank va 519 artilleriya qurollari bilan çeklaniş söralgan. Kiyev qurolli kuçlari soni 250 ming, 800 tank va 1900 ta artilleriyaga köndirmoqçi bölgan. Şunda ham Ukraina faqat öz resurslaridan foydalanişga majbur qilingan.












