Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahar Yunusobod tumanida joylaşgan çiqindixonalarning birida “pirojkixona” taşkil qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
Sanepidqömita matbuot xizmatining munosabatida yozilişiça, Yunusobod tuman bölimi mutaxassislari tomonidan holatga aniqlik kiritiş maqsadida joyiga çiqib örganiş işlari olib borilgan.
Ma’lum bölişiça, fuqarolardan biri tomonidan çiqindixona oldida noqonuniy tarzda mahsulot sotilayotgan obekt taşkil qilingan bölib, u pirojkilarni uşbu obektda tayyorlamay, olib kelib sotayotgani aniqlangan.

Örganişlar davomida mahsulotni saqlaş, uni sotiş uçun sanitariya talablariga mos ravişda joy tayyorlanmagani va uşbu hududda bu kabi savdoni amalga oşiriş uçun heç qanday ruxsatnoma (tegişli hujjat) yöqligi ma’lum bölgan.
Fuqarodan çiqindixona oldida noqonuniy tarzda taşkil qilingan uşbu obektda oziq-ovqat sotmaslik, savdoni töxtatiş va noqonuniy qurilmani öz xohişi bilan oldirib taşlaş böyiça tuşuntiriş xati olingan.
Şundan söng tuman bölimi xodimlari tomonidan uşbu noqonuniy qurilma buzdirilib, mahsulot savdosi töxtatilgan.

















