Yaman husiylari Qizil dengizdagi xalqaro yuk kemalariga oxirgi bir neça oy davomida raketalar va dronlar bilan hujum qilmoqda, biroq hujumlar oqibatida birinçi marta kema çökib ketdi.
Bild naşrining yozişiça, Beliz bayroği ostidagi Rubymar kemasiga hujum 18 fevral kuni Qizil dengizni Adan körfazi bilan boğlovçi asosiy suv yöli Bob ul-Mandib böğozida sodir etilgan. Yaman hukumatiga köra, jiddiy zarar körganidan söng, kema boşqaruvsiz qolib, şimolga harakatlangan va keyinçalik çökib ketgan.
Bundan taşqari, AQŞ harbiylari kemaning çökişi atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazişi haqida oldindan ogohlantirgan. Qayd qilinişiça, Rubymar 41 ming tonna öğit taşigan. Bundan taşqari, kema atrofida bir kilometr uzunlikdagi neft qoldiqlari pardasi paydo bölgan. Kema ekipaji hujumdan söng Afrikaning Jibuti davlatiga evakuatsiya qilingan.
2023 yil noyabr oyidan boşlab, Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiy isyonçilar Qizil dengiz orqali ötuvçi kemalarga hujum qila boşladi. Avvaliga faqat Isroil bilan boğliq kemalar hujumga uçradi, ammo keyinçalik boşqa mamlakatlar, jumladan Amerika kemalari ham nişonga olindi. Eslatib ötamiz, Suvayş kanali va Qizil dengiz orqali ötadigan uşbu yönaliş Yevropa va Osiyo örtasidagi eng qisqa yöl hisoblanadi.
12 yanvar kuni AQŞ va Britaniya Yamandagi husiylarga qarşi ilk zarbalarini boşladi. Xabar qilinişiça, zarbaga uçragan obektlar orasida radar tizimlari, dronlar, ballistik raketalari, qanotli raketalarni saqlaş va uçiriş joylari bor.













