«Çinoz neftni qayta işlaş zavodi» ustav kapitalidagi davlat uluşi xususiylaştirilgan. Xaridor – Petroleum Technology Group MÇJ. Bu kompaniya sobiq taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning öğli Doniyor Komilovga tegişli. Unga qaraşli kompaniyalar avvalroq MXXning Toşkent markazidagi sobiq binosi va Özbekistondagi eng yirik spirt zavodini ham xususiylaştirib olgani bilan jamoatçilik e’tiboriga tuşgandi. OAVda Komilovning Rossiyadagi yirik aktivlari haqida ham ma’lumotlar bor.

Ma’lumot uçun, «Çinoz neftni qayta işlaş zavodi» 2016 yil 11 avgust kuni faoliyatini boşlagan. Ustav fondi – 102 mlrd söm. Zavodning asosiy vazifasi neftni qayta işlab benzin, kerosin, mazut, dizel yonilğisi va moylarga aylantirişni taşkil etişdan iborat. Uşbu sanoat korxonasi yiliga 120 ming tonnadan ziyod uglevodorod xomaşyosini qayta işlaş quvvatiga egaligi keltirilgan.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi 2022 yilda «Çinoz neftni qayta işlaş zavodi»ni sotiş jarayoni boşlangani haqida xabar bergandi. 2023 yilning may oyida esa majburiyatga ega bölgan takliflarni (BO) qabul qiliş bosqiçi 1 oy muddatga uzaytirilgani ma’lum qilingandi. Şundan söng, xususiylaştirişning keyingi taqdiri haqida boşqa axborot taqdim etilmagan.

Avvalroq, Petroleum Technology Group Özbekistonda 78 ta «zapravka»ga ega bölgan «UNG Petro» kompaniyasining yangi egasiga aylangani xabar qilingandi. Taşkil etilganiga endigina 5 oy bölgan, ustav kapitali esa 101 mln sömni taşkil etuvçi uşbu kompaniyaning qanday qilib nominal kapitali 265 mlrd söm bölgan «zapravka»lar tarmoği va nominal kapitali 102 mlrd söm bölgan neftni qayta işlaş zavodini sotib olgani haqida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan heç qanday izoh berilmagan.