4 mart kuni soat 12:22 da Qirğizistonda 5,3 magnitudali zilzila sodir böldi. Bu haqda Yevropa-Örtayer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) xabar berdi.
Zilzila öçoği Qirğizistonning Çölpon-Ota şahridan 35 km şimoli-ğarbda, Qozoğistonning Olmaota şahridan 40 km janubda, Bişkekdan 190 km şimolda joylaşgani aniqlangan.
Qozoğiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga köra, 4 mart kuni Olmaotadan 31 km janubda 6,1 magnitudali zilzila sodir bölgan.
Yer silkinişlari mahalliy vaqt bilan 11:22 da qayd etilgan. Olmaotada 5 magnitudali zilzila sezilgan.
Zilzila vaqtida aholini ogohlantiriş tizimi işga tuşirilgan, odamlarga SMS xabar yuborilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda şaharliklar uylarini tark etib, köçaga çiqayotgani aks etgan videolar paydo böldi.
Olmaota Favqulodda vaziyatlar departamenti soat 15:00 da seysmik vaziyatni baholaş komissiyasi qarori asosida aholining yaşaş joylariga qaytişi mumkinligi haqida xabar bergan. Ta’kidlanişiça, afterşoklar bölişi mumkin, ammo ular xavf tuğdirmaydi.
Olmaotaliklar içimlik suvi quvurlari yorilgani, devorlardagi yoriqlar va singan oynalar haqida şikoyat qilişgan. Şahar metropoliteni taxminan 5 soat davomida işini töxtatgan.













