AQŞ prezidentligiga nomzod Nikki Xeyli 3 mart, yakşanba kuni Vaşingtonda bölib ötgan Respublikaçilar partiyasining praymerizlarida ğalaba qozondi. Janubiy Karolina sobiq gubernatori va AQŞning BMTdagi sobiq doimiy vakili 62,9 foiz, uning raqibi - AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp esa 33,2 foiz ovoz oldi, deb yozadi Reuters.

Xeylining saylovoldi ştabi vakili Oliviya Peres-Kubas natijalarni hayratlanarli deb atadi va AQŞ poytaxtidagi respublikaçilar «Donald Trampni va uning barça tartibsizliklarini rad etişini» aytdi. Şu bilan birga, Nikki Xeyli AQŞ tarixida respublikaçilar praymerizlarida ğalaba qozongan birinçi ayolga aylandi, dedi Peres-Kubas. 

Reuters agentligi qayd etişiça, Vaşingtonni öz içiga olgan Kolumbiya okrugi aholisining 100 foizi şahar aholisi, jumladan, yuqori darajadagi ma’lumotga ega odamlar hisoblanadi, Tramp saylovoldi taşviqoti esa boşqa turdagi saylovçilar uçun möljallangan. U 2016 yilda, birinçi marta AQŞ prezidentligi uçun kuraşganida ham poytaxtdagi praymerizda yutqazgan edi. 

Xeylining ğalaba qozonişi deyarli imkonsiz - ekspertlar 

Vaşingtondagi praymeriz natijalari Xeylining saylov poygasida Tramp ustidan birinçi ğalabasini belgilab berdi, biroq Edison Research tahlilçilariga köra, bu ğalaba «ramziy»dir. Xeylining respublikaçi nomzod böliş ehtimoli «deyarli imkonsiz» bölib qolmoqda. Respublikaçilar orasida yaqqol favorit - Tramp partiyaning barça oldingi kokuslari va praymerizlarida, şu jumladan Xeyli vatani Janubiy Karolina ştatida ham köpçilikning qöllab-quvvatlaşiga erişdi. 

Vaşingtondagi mağlubiyatidan bir kun oldin Tramp birdaniga AQŞning uçta ştatida - Missuri, Miçigan va Aydaxoda bölib ötgan saylovlarda ğalaba qozondi. 

AQŞ saylov kampaniyasidagi navbatdagi katta voqea 5 mart kuni «superseşanba» deb ataladigan kun böladi, bunda partiya praymerizlari bir vaqtning özida 15 ştat va AQŞ bitta orol hududida bölib ötadi. «Superseşanba» natijalari Xeyli va Tramp örtasidagi qarama-qarşilikda hal qiluvçi bölişi mumkin – agar sobiq prezident uşbu tadbirlarda yagona raqibini mağlub etsa, 20 martgaça u respublikaçilar ovozi uçun kuraşda töliq ğalaba qozonganini e’lon qilişi mumkin böladi. 

Şu bilan birga, uni AQŞning kamida uçta ştati - Kolorado, Men va Illinoysda 2021 yil boşida Kapitoliyga bostirib kirişga undaganlik ayblovi tufayli saylovoldi poygasida iştirok etişi taqiqlangan, bu hududlarda uning praymerizlardan çetlaştilişi masalasi hali ham oçiqligiça qolmoqda. Men va Kolorado ştatlarida praymerizlar «superseşanba» kuni, Illinoysda esa 19 mart kuni bölib ötişi rejalaştirilgan.