Xorazm viloyati SSB boshlig‘i o‘zgardi
So‘nggi bir yilga yaqin vaqt davomida viloyat SSBga Sodiqjon Sodiqov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Ko‘palbay Raimberdiyevich Tangriberdiyev Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ko‘palbay Tangriberdiyev 2000 yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali «Gospital terapiya» kafedrasi assistenti sifatida boshlagan.
Turli yillarda Xorazm viloyat kardiologiya markazi shifokori, Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
- Ma’lumot uchun, Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga 2023 yil aprelidan buyon Sodiqjon Sodiqov rahbarlik qilayotgandi.
- Fevral oyi boshida Toshkent viloyati SSB boshlig‘i ham o‘zgargan, so‘nggi bir yilda bu lavozimda ishlagan Ulug‘bek Abdug‘aniyev o‘rnini To‘raqul Arziqulov egallagandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
-
Rossiyada ijaraga berilgan kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi
Jahon | 23:04 / 16.04.2025
Mavzuga oid

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

16:09 / 18.03.2025