Prezident Şavkat Mirziyoyev 5 mart kuni Toşkent şahrida barpo etilgan Boks böyiça Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini borib kördi.
«Olimpiada va Osiyo öyinlari ğolibi, ikki karra jahon va uç karra Osiyo çempioni Bahodir Jalolov Özbekiston sportining bayroqdori hisoblanadi. U keyingi yillarda professional boksda ham muvaffaqiyatli qatnaşib kelmoqda.
Yurtimizda bunday çempionlar faoliyatini tarğib qiliş, ularning namunasida yoş sportçilarni tarbiyalaşga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 14 martdagi qaroriga muvofiq, şunday yana bir maskan – Boks böyiça Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi taşkil etildi.
Bu yerda xalqaro darajadagi boksçilarni tayyorlaş, buning uçun yuqori malakali murabbiy va mutaxassislarni jalb etiş, öquv-maşğulotlarni xalqaro standartlar darajasida taşkil qiliş hamda ilğor tajribalar asosida uning sifatini oşirib boriş yölga qöyilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Tört qavatli zamonaviy binoda buning uçun barça şaroit yaratilgan. Birinçi qavatda asosiy sport zali, suziş havzasi, tibbiyot xonasi va oşxona bor. Ikkinçi qavatda psixologiya, xorijiy tillar, nazariy maşğulotlar, informatika va öqituvçilar xonalari, şuningdek, 45 örinli mehmonxona joylaşgan. Uçinçi va törtinçi qavatlarda 235 örinli yotoqxona, ma’naviyat xonasi taşkil etilgan. Şuningdek, bino yertölasida avtoturargoh qurilgan.

Boks maktabi 175 öringa möljallangan bölib, 5-11-sinflarga har yili 25 nafardan öquvçi saralab olinadi. Ilk iqtidorlar 2022 yilgi öquv yilida qabul qilingan va bugungi kunda 50 nafar öquvçi saboq olmoqda. Ular butun mamlakatimizdan kelgan talabgorlar orasidan saralab olingan.
Bu maskan Yunusobod tumanidagi 259-umumta’lim maktabi bilan yonma-yon joylaşgan. Yoş boksçilar umumta’lim fanlarini şu yerda öqişadi.
Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi öquvçilari 2023 yilda xalqaro va respublika musobaqalarida 26 ta oltin, 18 ta kumuş, 15 ta bronza medalni qölga kiritgan. Bu yil ham qator turnirlarda iştirok etiş rejalaştirilgan.
Maktab butun mamlakatimiz yoş boksçilari uçun öquv-maşğulot bazasi böladi. Yoş istiqbolli boksçilarni tanlaş va tarbiyalaş böyiça boşqa sport maktablari va markazlari bilan hamkorlik qilib boradi.




















