Ğazoni tekislaşni közlayotgan Isroil, Zelenskiyga axborot hujumi va şarmanda bölgan nemis harbiylari - kun dayjesti
|00:58 / 06.03.202421 2519 min
Dunyoda sodir bölayotgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning muxtasar şarhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda taniştirişda davom etamiz.
Falastindagi vaziyat
Nikaragua BMT Xalqaro sudiga Isroilga qarşi ariza berdi. Nikaragua Germaniyaning Isroilga harbiy va moliyaviy yordam berayotgani, BMTning falastinlik qoçqinlar işlari böyiça agentligini moliyalaştirişni töxtatgani ustidan xalqaro sudga da’vo arizasi yozgan.
Lotin Amerikasi davlati iş körib çiqilişi jarayonida vaqtinçalik çoralar körib turilişini talab qilmoqda.
«Isroilga siyosiy, moliyaviy va harbiy yordam berib, BMT agentligini moliyalaştirişdan töxtab Germaniya genotsid sodir etilişiga yordam bermoqda yoki kamida genotsidning oldini oliş uçun öz majburiyatlarini bajarmayapti», — deyiladi da’vo arizasida.
Avvalroq JAR ham Isroil genotsidini töxtatiş ustidan BMT xalqaro sudiga da’vo arizasi kiritgan edi. Sud oraliq qaror çiqarib, Isroilga genotsidning oldini oliş böyiça çoralar körişni tayinlagan edi. Isroil bu qarorlarni nazar-pisand qilgani yöq.
AQŞ Ğazo sektorida hosil bölgan humanitar vaziyatni yöl qöyib bölmas deb hisoblamoqda. Holbuki Isroilni qurol-yaroğ va texnika bilan ta’minlaşda davom etişmoqda. AQŞ Davlat departamenti öt oçişni töxtatiş rejimini amalga kiritişni talab qilmoqda.
Bu orada HAMAS yetakçilaridan biri Ismoil Haniya Qatarda 1 hafta içida 1,1 mln dollar sarflagani töğrisidagi ma’lumot sizdirildi.
Uşbu summa içiga Dohadagi Mandarin Oriental top-hotelida qilingan xarajatlar ham kiritilgan. Jumladan Haniya 26,5 ming dollarga spa xizmatlar, 315,5 ming dollarga restoran va barlar xizmatidan foydalangani ta’kidlangan.
HAMAS yetakçisi Dohada Ğazo sektoridagi garovdagilarni ozod qiliş va öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralarda qatnaşiş uçun borgan.
Lekin alohida qayd etib ötiş kerakki, Doha mehmonxonasidagi hisobni Isroil boş vazirining maslahatçisi Dmitriy Gendelman sizdirgan. U yahudiylar tomonidan yasalgan bölişi mumkin va haqiqatga töğri kelişiga şubha bor.
Ğazodagi falastinliklarning katta qismi uy uylaridan siqib çiqarilgan şaroitda Isroil eksklavda etnik tozalaş işlari ötkazmoqda, degan Isroilning uylarni snos qilişga qarşi qömitasi direktori, antropolog Jyeff Halper. U Tel-Aviv arab davlatini yahudiy davlatiga aylantirişni közlayotganini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
«Buni amalga oşirişning yagona yöli — falastinliklarni siqib çiqariş, ularni öz yeridan mosuvo qiliş, söng bu yerlarda yahudiy manzilgohlarini barpo etiş. Uylarning snos qilinişi etnik tozalaş siyosatining asosiy quroli bölmoqda», — degan Jyeff Halper.
Isroil ötgan yilning oktyabridan buyon Ğazoga bostirib kirgaç, falastinliklarning 300 mingdan ziyod uylari vayron qilib, buzib taşlangan. Bu eksklavdagi uylarning 70 foizini taşkil etadi.
Halperning qayd etişiça, Isroil 1948 yilda 750 ming falastinlikni öz uylaridan quvib çiqargan. Öşanda bu Falastin aholisining 80 foizini taşkil etgan. Bugungi kunda ham bu harakatlarini davom ettirib, uylar va infratuzilmalarni vayron qilib, hududni «yaşaş uçun yaroqsiz» holatga keltirib, qariyb 2,5 million ğazoliklarni vatansiz qoldirmoqçi.
Zelenskiyga informatsion hujum tahdidi
Ukraina Rossiyaning Zelenskiyga bölgan xalq işonçini öldirişga urinişiga qarşi tayyorlana boşlaydi.
Bloomberg naşri Ukrainadagi manbalariga köra yozişiça, Rossiya jamiyat va front çiziğidagi harbiylarning Zelenskiyga nisbatan işonçini öldiriş uçun informatsion hujumga tayyorlanmoqda. Uçinçi yildirki davom etayotgan uruş mobaynida Zelenskiyning jamoatçilik tomonidan qöllab-quvvatlanişi tuşib bormoqda, Rossiya qöşinlari yana hujumga ötganda, ğarblik şeriklarning yordami savol ostida bölib qolganda hujum yuz berişi mumkin.
Moskvaning informatsion kampaniyasi Zelenskiyning demokratik legitimligini savol ostiga keltirişi mumkin, çunki uning 5 yillik prezidentlik muddati şu yil tugaydi, biroq uning özi uruş davrida prezidentlik saylovlari ötkazib bölmasligini ta’kidlamoqda. Zelenskiy fevral oyida özining «Xalq xizmatkori» partiyasi bilan uçraşuvda ayni vaziyatda saylov ötkazib bölmasligi borasidagi uning pozitsiyasini ğarblik hamkorlar qöllab-quvvatlayotganini qayd etgan. Bu masalada rossiyaliklar informatsion kampaniyalar tayyorlayotgani töğrisida axborotga ega ekanini ham aytib ötgan. Zelenskiy öz partiyasining Oliy Radadagi vakillarini «legitimlik mavzusining kötarilişiga yöl qöymaslik»ka çaqirgan.
Bu orada Ukraina poytaxti Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçko Zelenskiy Zalujniyni Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni lavozimidan olib taşlab katta xatoga yöl qöyganini ta’kidlagan.
Kliçko Italiyaning la Repubblica naşrga bergan intervyusida Zalujniy işdan böşatilgaç «har bir ukrainni şokka tuşirgan qarori sabablarini tuşuntirib berişi» lozimligini, çunki «juda köpçilik gangib qolib, umidsizlikka tuşgani»ni ta’kidlagan.
Nemis harbiylarining foş bölişi
Germaniya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati nemis ofitserlarining suhbati Rossiya tomonidan eşitilgani töğrisidagi mudofaa vazirining audio şarhini 1234 paroli bilan himoyalab, uni yana barçaga oşkor qilişgan, deb yozadi Bild naşri.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning izohi resurs NextCloud resursiga videohavola şaklida berilgan. Video parol yordamida himoyalangan. Lekin havolaning ostiga tört raqamdan iborat parol — 1234 ham yozib qöyilgan.
Avvalroq nemis ofitserlarining sizdirilgan suhbatida ular Qrim köprigiga raketa zarbasi beriş masalasini muhokama qilişgan.
Germaniya mudofaa vazirligi suhbat çetdan eşitilgani va yozib olingani faktini tasdiqlagan. Ofitserlar Ukrainaga harbiy yordam beriş masalasini himoyalanmagan WebEx platformasida muhokama qilişgan.
Rossiya razvedkasi ixtiyoriga kelib tuşgan suhbatda general va Germaniya harbiy-havo kuçlarining bir neça ofitserlari Ukrainaga 500 km olislikka uça oladigan Taurus raketalarini yetkazişni muhokama qilişgan. Ular, şuningdek, Ukrainada Buyuk Britaniya, Fransiya va AQŞ harbiylari borligi, ular ukrainalik harbiylarga ğarb texnikasidan foydalanişni örgatayotganini aytişgan.
Nemis ofitserlarining özaro suhbati ruslar tomonidan tarmoqqa sizdirilgaç, Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Germaniyaga «denatsifikatsiya» bilan tahdid qilgan.
«Körib turibmizki, ular oxirigaça denatsifikatsiya qilinmagan. Agar bu holat yuz bersa, nemis xalqi tomonidan töxtatilmasa, Germaniyaning özi uçun ayançli oqibatlarga olib keladi», — degan Mariya Zaxarova.
Oliy sud Trampga yöl oçdi
AQŞ Oliy sudi Donald Trampga prezidentlik saylovlarida iştirok etiş uçun ruxsat berdi.
Uçta ştatdagi taqiqlarga qaramasdan, Donald Trampning ism-familiyasi bu yöl ötadigan prezidentlik saylovlarida joylaştirilişi mumkin. AQŞ Oliy sudining qarori qözğolonda ayblangan sobiq prezident yana saylovda iştirok eta oladimi degan bahslarga nuqta qöydi.
AQŞ Oliy sudi bir ovozdan Kolorado ştati sudining Donald Trampga konstitutsiyaga 14-tuzatiş asosida saylovda iştirok etişni çeklaş töğrisidagi qarorini bekor qildi. Bu tuzatişga köra, «Qöşma Ştatlarga qarşi qözğolon yoki isyonda qatnaşgan yoki duşmanlarga yordam bergan» mansabdor şaxsning saylovlarda iştirok etişini taqiqlaydi. Kolorado ştati sudi Tramp 2020 yilda saylovlarda yutqazgaç, isyonga boş bölib, ovoz beriş jarayonlarini özgartirişga harakat qilgan, şu sababli u saylovlarda iştirok eta olmasligi töğrisida qaror çiqargan edi. Xuddi şunday sud qarorlarini Illinoys va Men ştati sudlari ham çiqargandi.
Biroq AQŞ Oliy sudi federal lavozimda işlab turgan şaxslarga nisbatan konstitutsiyaning 14-tuzatişi 3-punktida yozilgan qoida böyiça javobgarlikni ştatlar emas, Kongress çiqarişini qayd etdi.
Bu Trampni saylovlarga qöymaslik böyiça sa’y-harakatlar besamar ketganini anglatadi.
Xonkandidagi xavfli topilmalar
Ozarboyjonning Xonkandi şahrida armanlardan qolib ketgan qurol-yaroğlar va öq-dorilar topilgan. Bu haqda Ozarboyjon içki işlar vazirligi xabar bermoqda.
Ozarboyjon politsiyasi tomonidan Xonkandi şahrida ötkazilgan tadbirlar çoğida 13 ta avtomat, 5 ta miltiq, 10 ta zapal, 45 ta avtomat öqlari joylanadigan magazin, 1845 ta turli kalibrdagi patronlar va boşqa öq-dorilar topilgan.
Xonkandi şahri Qoraboğ hududida joylaşgan. Armanlar Stepanakert deb atab olib, özlarining soxta davlatining poytaxti deb e’lon qilgan bu jafokaş şahar arman qurollangan guruhlaridan 2023 yilning sentabr oyida ötkazilgan aksilterrorçilik tadbirlari davomida ozod qilingan edi.
Ayni paytda Ozarboyjon Qoraboğni va uyerdagi şaharlarni obod qiliş yölida juda katta işlarni boşlagan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi