Rossiya gazining Qozoğiston hududi orqali Özbekistonga tranzit hajmini 2026 yildan boşlab dastlab rejalaştirilgan yiliga 3 mlrd kub metrdan 11 mlrd kub metrgaça oşiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Qozoğiston Energetika vazirligiga tayanib, TASS xabar berdi.
“Ötgan yili davlatimiz rahbari iştirokida mamlakatimiz hududi orqali Özbekistonga yiliga 3 mlrd kub metrgaça Rossiya gazining tranziti yölga qöyildi”, – dedi Qozoğiston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev.
Şu bilan birga, 2026 yildan boşlab Özbekistonga gaz tranziti hajmini 11 mlrd kub metrgaça oşiriş rejalaştirilgani keltirib ötilgan.
Eslatib ötamiz, ötgan yili Özbekiston ilk marta Rossiyadan gaz import qila boşladi. UzGasTrade va “Gazprom” örtasida yiliga 2,8 mlrd kub metr yoki kuniga 9 mln kub metrgaça gaz yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzilgan. Şundan keyin tomonlar örtasida örta va uzoq muddatli şartnomalar böyiça muzokaralar boşlangan.
2024 yilgi davlat dasturiga köra, “şimoldan import qilinadigan” tabiiy gaz hajmi kuniga 9 mln kub metrdan 32 mln kub metrgaça oşiriladi. Respublika magistral gaz tizimini bunga tayyorlaş uçun taşqi qarzlar hisobidan 500 mln dollar ajratiş reja qilingan.













