TAURUS qanotli raketalarini işlab çiqaruvçi TAURUS Systems kompaniyasining 67 foiz uluşiga ega bölgan MBDA Deutschland öz mutaxassislari Ukraina qurolli kuçlari xodimlarini uşbu turdagi qurol bilan işlaş böyiça öqitişga tayyorligini tasdiqladi. «Biz TAURUS raketalarini işlatadigan mamlakatlardan mijozlarni uşbu tizim bilan işlaş texnikasiga örgatişimiz mumkin. Şunday qilib, bizning mijozimiz, bu holda Ukraina, TAURUS raketasini mustaqil ravişda işlatiş va boşqariş uçun barça texnik könikmalarga ega böladi», dedi 5 mart, seşanba kuni MBDA Deutschland rahbari Tomas Gotşild kompaniyaning Şrobenxauzen Bavariya şahridagi ofisida.
«TAURUS raketalarini mamlakatlarga sotiş va mamlakatlarga sotiş uçun hadli şartlar bu - pirovardida siyosiy qaror», - deya ta’kidladi u.
Bavariya boş vaziri - Ukrainaga TAURUS yetkazib beriş tarafdori
Şu bilan birga, Bavariya boş vaziri Markus Zyoder Tomas Gotşild bilan qöşma nutqi çoğida Germaniya hukumatini Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib beriş böyiça kelişib olişga çaqirdi. «Bu qurollardan foydalaniş kerak», dedi Xristian-ijtimoiy ittifoqi partiyasi rahbari. Zyoderning sözlariga köra, bu uzoq masofali qanotli raketalarni Kiyevga sotiş «ma’naviy masala va bundan taşqari, Germaniya manfaatlariga javob beradi».
Markus Zyoder nuqtayi nazaridan, Germaniya kansleri Olaf Şols TAURUS’ni Ukrainaga yetkazib berişga tösqinlik qilişni töxtatişi kerak va bunday yetkazib berişga yöl qöyilişi haqidagi qaror Bundestag tomonidan qabul qilinişi lozim.
Bugungi kunda Germaniya Ukrainaga AQŞdan keyin ikkinçi yirik harbiy yordam yetkazib beruvçi hisoblanadi. «Şunday ekan, biz (Ukrainaga TAURUS raketalari yetkazib berilgan taqdirda) urişayotgan tomon bölib qolamiz, deb öylaş noörin», - deya ta’kidladi Bavariya boş vaziri.
TAURUS raketalari haqida
TAURUS qanotli raketalari, işlab çiqaruvçiga köra, 500 km masofaga ega. Ta’kidlanişiça, ular bir neçta navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan va natijada nişonlarga zarba berişda aniqligi bilan ajralib turadi. Samolyot işlab çiqaruvçi Airbus, Britaniyaning BAE Systems kompaniyasi, şuningdek, Italiyaning Leonardo konserni MBDA’da uluşga ega. TAURUS Systems kompaniyasi MBDA konsernining Germaniyadagi şu’ba korxonasi hisoblanadi. Şvetsiyaning SAAB Dynamics AB mudofaa konserni ham TAURUS Systems kompaniyasida 33 foiz uluşga ega.













