4 mart kuni Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Uçtepa tumani sudida yölovçi ayolga jinsiy aloqada bölişni taklif qilgan 9t-sonli avtobusning çiptaçisiga sud hukmi öqildi.

Gazeta.uz xabariga köra, sud majlisida ayol 9t-sonli avtobusda çiptaçi vazifasida işlab kelayotgan 1996 yilda tuğilgan I.A. unga bir neça marotaba şa’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan gaplarni aytgani, unga oilasi borligini aytişiga qaramasdan, birga jinsiy aloqada bölişni taklif qilganini bildirib, unga nisbatan qonuniy jazo berişni söradi.

Sud majlisida I.A. yuqorida körsatilgan huquqbuzarlik harakatiga töliq iqrorligi, qilgan işidan puşaymonligini bildirib, yengillik berişni söradi.

Sud I.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasining 1-qismida (Şahvoniy şilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topildi va unga şu moddaga asosan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.