5 mart, seşanba kuni AQŞning 15 ştati va bir orol hududida Demokratik va Respublikaçilar partiyalarining praymeriz hamda kokuslari bölib ötgan «superseşanba»da Amerikaning amaldagi prezidenti Jo Bayden va Oq uy sobiq rahbari Donald Tramp deyarli barça ovozlarni qölga kiritdi.
Şu tariqa, Tramp 13 ştatda, jumladan Kaliforniya va Texasda bölib ötgan içki partiyaviy saylovlarda ğalaba qozondi va raqibi Nikki Xeylini yakuniy tarzda mağlub etdi. Edison Research sotsiologik xizmati ma’lumotlariga köra, Xeyli Vermontda yagona ğalabasini qölga kiritdi va endi nomzod böliş uçun real imkoniyatga ega emas. Alyaskadagi ovoz beriş natijalari hali sanab çiqilmagan.
Ikkinçi muddat prezidentlikka da’vogar bölgan Jo Bayden Amerika Samoasi orol hududidan taşqari «superseşanba» kuni bölib ötgan barça praymerizlarda ğalaba qozondi. Amerika Samoasida u unçalik taniqli bölmagan nomzod, tadbirkor Jyeyson Palmerga yutqazdi.
Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida tarafdorlari oldida gapirgan Tramp Baydenga hujum qilib, uning immigratsiya siyosatiga e’tibor qaratdi va uni tarixdagi «eng yomon prezident» deb atadi.
Bayden, öz navbatida, Trampni yana Amerika demokratiyasiga tahdid deb atadi. «Bugungi natijalar Amerika xalqiga aniq tanlov qoldiradi: biz oldinga intilamizmi yoki Donald Trampga uning prezidentligini belgilab bergan tartibsizlik, böliniş va zulmatga qaytişiga ruxsat beramizmi?» - dedi Jo Bayden.
5 noyabr kuni AQŞda prezidentlik saylovlari bölib ötadi.













