6 martga ötar keçasi Ukraina qurolli kuçlari harbiy-havo kuçlari Rossiya tomonidan Ukrainaga hujumkor uçuvçisiz uçoqlarning ommaviy ravişda uçirilişini qayd etdi. «Poltava viloyatida UUA - Mirgorod yönalişida. Ikki guruh «şahedlar» Xarkiv viloyatiga - şimoli-ğarbiy tomondan. «Şahedlar» Xerson viloyatiga - Mikolayiv yönalişida. «Şahedlar» guruhi Odessa viloyati - Vinnitsaga yöl oldi. Qora dengizdan bir neça yangi uçuvçisiz uçoqlar guruhi Odessaga yaqinlaşmoqda», — deyiladi Ukraina qurolli kuçlarining Telegram-kanalida yarim tunda e’lon qilingan postda. 

Ukrainaning 15 viloyatida havo hujumi haqida ogohlantiriş e’lon qilindi. Mahalliy hokimiyat va harbiy xizmatçilar Kiyev va Odessadagi havo hujumidan mudofaa işlari haqida xabar berdi. Odessadagi «Suspilne» telekanali muxbirlarining xabar berişiça, şaharda ikkita portlaş ovozi eşitilgan. Mahalliy «Dumskaya» internet-naşrining yozişiça, dron hujumi natijasida şahar markazi bir qismi va Moldavanka tumani bilan aloqa uzilgan. 

Sumi viloyati politsiyasi xabariga köra, Sumi VHM turli hududlarida uçta uçuvçisiz uçiş apparati zarbasi qayd etilgan. «Jabrlanganlar bor, ularga tibbiy yordam körsatilmoqda. Voqea joyida tez yordam xizmati işlamoqda», - deya aniqlik kiritdi rasmiylar. 

Odessadagi oldingi zarbada 12 kişi halok bölgan edi 

2 martga ötar keçasi Rossiya sakkizta Shahed dronlari bilan Odessaga hujum boşladi. Ulardan yettitasi havo mudofaasi tomonidan urib tuşirilgan, bittasi köp qavatli binoga urilgan. Natijada 12 kişi, jumladan beş nafar bola halok bölgan. 3 mart, yakşanba şaharda motam kuni deb e’lon qilindi.