Farğona viloyati Danğara tumanida odamlar ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
IIV axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 5 mart kuni keçki payt sodir bölgan.
1997 yilda tuğilgan haydovçi Cobalt maşinasida harakatlanayotib boşqaruvni yöqotgan va yöl çetida ketayotgan 5 kişini urib yuborgan.
Oqibatda piyodalarning ikki nafari oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Qolgan uç nafari şifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












