Pokiston Taşqi işlar vazirligi holatni tanqid qilib, kemada tijoriy yuklar bölganini ma’lum qildi. Pokiston tomoniga köra, kemada tijoriy kompaniyaga tegişli avtomobil ehtiyot qismlari işlab çiqarişga moslaşgan çilangarlik dastgohlari bölgan. Pokiston Hindistonni «tijoriy yuklarni tortib oliş»da ayblagan.
«Pokiston Hindistonning tijoriy yuklarni musodara qiliş kabi harakatini qoralaydi. Bu erkin savdo qonunlariga zid bölib, şubhali reputatsiyasiga qaramay özini xalqaro politsiyadek tutayotgan davlat bilan boğliq xatarlarni tasdiqlaydi. Bu ba’zi davlatlar xalqaro huquq normalariga rioya qilmaganiga qaramay jazosiz qolayotganining ham oqibatidir», deyiladi Pokiston tomoni bayonotida.
Şimoliy Koreyadagiga öxşaş holat
Hindiston maxsus kuçlari tomonidan töxtatilgan kemada öz vaqtida Şimoliy Koreya yadro dasturida ham işlatilgani aytiladigan dastgoh ham topilgan. Şuningdek, kemada Italiya kompaniyasi işlab çiqargan dasturiy boşqaruv maşinasi ham bölgan. Bu maşinalar qölda qiliş imkonsiz bölgan darajada aniq effektlarni bajarib beradi. Şu sababli bunday qimmat maşinalar odatda raketalarda işlatiladi.
Bunday turdagi maşinalar 1996 yilda imzolangan Vassenaar kelişuviga köra qurol işlab çiqarişda qöllaş mumkin bölgan qöş foydalanuvdagi tovarlar qatoriga kiritilgan bölib, xalqaro qurollanişga qarşi kelişuvga böyiça taqiqlangan. Bunday turdagi mahsulotlar xalqaro nazoratni talab qiladi. Hindiston Vassenaar kelişuvini imzolagan 42 davlatdan biridir.
Pokiston tomoni Karaçi portiga ketayotgan kemada tijoriy yuklar bölgan degan versiyani takrorlamoqda. «Bu tijoriy importning oddiy körinişi. Bu tovarlar Karaçidagi Pokiston avtomobilsozligi uçun detallar yetkazib beradigan kompaniya tomonidan buyurtma qilingan. Dastgohlarning texnik imkoniyati ular faqat tijoriy maqsadlarga möljallanganini tasdiqlaydi. Oldi-sotdi oçiq bank kanallari orqali kerakli hujjatlar taqdim etilgan holda amalga oşirilgan», deyiladi Pokiston TIV bayonotida.
Hindiston Mudofaa tadqiqotlari taşkiloti kemadagi texnikalar Islomoboddagi yadro dasturida işlatilişi mumkinligini tasdiqladi.
Taqdim etilgan hujjatga köra, yuklar Xitoyning Shanghai JXE Global Logistics Co Ltd kompaniyasi tomonidan Pokistonning Pakistan Wings Pvt Ltd kompaniyasiga yuborilgani qayd etilgan. Ammo Hindiston maxsus kuçlari bu yuklar aslida Xitoydagi Taiyuan Mining Import and Export Co Ltd kompaniyasi tomonidan Pokistondagi Cosmos Engineering kompaniyasiga yuborilayotganini aniqlagan.














