
Nodirbek Abdusattorov Çexiyada ötayotgan «Prague Masters» turnirida muddatidan oldin çempion böldi.
U asosiy ta’qibçisi Parxam Maxsudluga (Eron) qarşi qiyin bahsda ğalaba qozondi va musobaqa yakuniga bir tur qolganida muddatidan oldin çempion böldi.
Nodirbek 8 imkoniyatdan 6 oçko töpladi. Uning ta’qibçilarida esa 4,5 oçko bor. Ya’ni oxirgi turda qanday natija bölişidan qat’i nazar özbekistonlik şaxmatçiga heç kim yeta olmaydi.

Çempionlikdan söng Abdusattorov onlayn şaxmat reytingida dunyoning eng kuçli TOP-4 şaxmatçilari qatoriga kirdi. Undan yuqorida Magnus Karlsen (Norvegiya), Fabiano Karuana (AQŞ) va Hikaru Nakamura (AQŞ) bor.
Nodirbekning hisobida 2765.5 reyting oçkosi bor va u şaxmat tojining amaldagi sohibi Ding Lijyendan (Xitoy) ham özib ketdi.










