«Rosfinmonitoring» taşkiloti rossiyalik şaxmatçi va 13-jahon çempioni Garri Kasparovni «terrorçilar va ekstremistlar» röyxatiga kiritdi. Kasparovga nisbatan «terrorçilik» moddasi böyiça jinoiy iş oçilgan. 

2023 yil dekabr oyida Rossiya IIV Kasparovga nisbatan tekşiruv ötkazgani va uning harakatlarida jinoyat alomatlarini topgani ma’lum bölgan edi. Bu haqda Davlat Dumasi deputati Andrey Alşevskix xabar berdi. Rossiya Tergov Qömitasi Kasparovga nisbatan iş qözğatilganini rasman e’lon qilmadi. 

2016 yilda Litvada yaşovçi Kasparov «Forum svobodnoy Rossii» harakati asosçilaridan biri böldi. Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan beri taşkilot uruşga qarşi konferensiyalar ötkazib, unga Rossiya muxolifatining turli vakillarini taklif qilmoqda. 

2022 yil may oyida Rossiya Adliya vazirligi Kasparovni «xorijiy agent» deb e’lon qildi. 2023 yil 1 fevralda Boş prokuratura «Forum svobodnoy Rossii» harakatini «nomaqbul» taşkilot deb e’lon qildi. 

Garri Kasparov 60 yoşda. 1985 yilda Anatoliy Karpovni mağlub etib, jahonning ön uçinçi çempioni bölgan. Butunjahon şaxmat olimpiadalarining 8 karra ğolibi.