Toşkent şahridan qatnovçi şaharlararo elektropoyezdlar uçun yagona tarif belgilandi.
“Öztemiryölyölovçi” xabariga köra, 2024 yilning 20 mart sanasidan şaharlararo yölovçi poyezdlar yönalişlari yagona tarif (faqat bir zona)ga ötkaziladi.
Bunda yölovçilar avvalgidek har bir zona uçun alohida narxda emas, balki yönalişga qarab, zonalarga bölinmagan holatda tölovni amalga oşiradi.
Masalan, endilikda Toşkent - Bekobod - Toşkent yönalişi yagona tarif narxi 12 000 söm, Toşkent - Hojikent - Toşkent yönalişi 10 000 söm.
Elektron tarzda (ATTO) tölov qilmoqçi bölgan yölovçilar naqd pulda amalga oşiriladigan tölovdan farqli ravişda 500 sömga kam tölaşi mumkinligi aytildi.














