AQŞ prezidenti Jo Bayden 7 mart kuni kongress qarşisida «Mamlakatdagi holat haqida»gi (State of the Union) yillik murojaatini yölladi. Bir soatdan ortiq çözilgan çiqişi vaqtida prezident Ukrainani qöllab-quvvatlaş, Vladimir Putinga qarşi kuraşiş, Yaqin Şarqdagi mojaro hamda AQŞning içki muammolari haqida gapirdi. 

Bayden öz murojaatini Ukrainadagi uruş mavzusi bilan boşlab, öz çiqişi va prezident Franklin Ruzveltning 1941 yil yanvaridagi çiqiş örtasida parallellar ötkazdi. «Ruzveltning maqsadi kongressni uyğotiş va Amerika xalqini bu [tarixdagi] oddiy davr emasligidan ogohlantiriş edi. Va ha, mening bugungi maqsadim — hozir ham oddiy pallalar emasligiga işontirişdir», – degan Bayden. 

U öz çiqişida Ukraina Rossiya tajovuzini töxtatişi mumkinligi, ammo buning uçun Vaşington Kiyevga harbiy yordam taqdim etişi lozimligini qayd etib ötgan. U erkinlik va demokratiya mamlakat içkarisida ham, xorijda ham hujum obektiga aylanganini ta’kidlagan. 

«Xorijda Putin Ukrainaga bostirib kirdi va butun Yevropa hamda undan taşqarida tartibsizlik keltirib çiqardi. Agar bu zaldagilardan kimdir Putin töxtaydi deb öylayotgan bölsa, sizni işontirib aytamanki, bunday emas. Ammo Putinni Ukraina töxtatişi mumkin, agar biz ularni qöllab-quvvatlasak va özini himoya qilişi uçun zarur qurollarni taqdim etsak. Bu Ukraina sörayotgan bor narsa. Ular amerikalik askarlarni sörayotgani yöq, – dedi Bayden. – Ammo hozirda biz dunyodagi öz yetakçiligimizdan boş tortişimizni istayotganlar Ukrainaga yordamni bloklamoqda».

«Biz Putinni töxtatişimiz darkor! Agar hozir Qöşma Ştatlar ketsa, Ukraina xavf ostida qoladi, Yevropa xavf ostida qoladi, erkin dunyo xavf ostida qoladi», – deya qayd etgan u va kongressni Ukrainaga yordam töğrisidagi qonun loyihasini tezroq ma’qullaşga çaqirgan.

Bayden rossiyaliklar prezidentiga yuzlangan: «Men Putinga oddiy bir gapni aytmoqçiman: biz ittifoqçilarimizni taşlab qöymaymiz. Biz ta’zim qilmaymiz. Men boş egmayman!».

Shawn Thew / AP / Scanpix / LETA

Ukrainani qöllab-quvvatlaş töğrisidagi sözlar nafaqat Demokratik partiya vakili bölgan kongressmenlar va senatorlar tomonidan, balki ayrim respublikaçilar tomonidan ham olqişlangan.

Baydenni partiyadoşlari butun nutq davomida deyarli har bir jumladan keyin örnidan turib qarsak çalişgan.

Bayden şuningdek Ukrainaga yordamni bloklayotgan kongressmenlarni qoralab, özidan oldingi prezident Donald Trampni tanqid qildi. «Respublikaçi sobiq prezident Putin huşiga kelganini qilişi mumkinligini aytgan. Menimça, bu ablahona, xavfli va yöl qöyib bölmaydigan holat!» – degan Bayden.