Çexiya uçinçi davlatlardan Ukraina uçun 800 mingta artilleriya snaryadlariga pul tölaş uçun zarur bölgan mablağni olişga muvaffaq böldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Pyotr Pavel 7 mart, payşanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda gapirdi.

Ukraina qurolli kuçlari uçun snaryadlar sotib oliş böyiça Çexiya taşabbusiga jami 18 Yevropa davlati qöşildi. 6 mart, çorşanba kuni Germaniya hukumati uşbu taşabbus uçun «million mablağ» ajratişga va’da berdi. Çexiyaning Ukraina uçun öq-dorilar böyiça yiğimida iştirok etiş niyatini e’lon qilgan oxirgi mamlakat Norvegiyadir.

Çexiya Ukraina uçun snaryadlarni uçinçi davlatlardan sotib oladi

Fevral oyi örtalarida Myunxen xavfsizlik konferensiyasi çoğida Çexiya prezidenti Petr Pavel bir neça hafta içida Ukrainaga 500 mingta 155 mm kalibrli artilleriya va 300 mingta 122 mm kalibrli artilleriya snaryadlarini yetkazib beriş niyatida ekanligini ma’lum qildi. U «Ukraina askarlari frontda körsatgan jonbozlikni qöllab-quvvatlaş» va Ukraina uçun uçinçi davlatlardan birgalikda öq-dorilar hamda jihozlar sotib olişni taklif qildi. Uning sözlariga köra, bunday kelişuv Ukraina boşqa ittifoqçi davlatlari moliyaviy iştiroki bilangina mumkin böladi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Kiyevga mart oyigaça bir millionta snaryad yetkazib berişga va’da qilgan, biroq buni uddalay olmagandi. Bundan taşqari, Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini qabul qiliş AQŞda ham keçikmoqda. 2024 yil fevralida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qurol-yaroğ yetkazib berişdagi keçikişlar tufayli frontdagi «turğunlik» haqida e’lon qildi.