Danğara tumanida sodir bölgan YTH qurbonlari soni oşdi. Bu haqda Farğona viloyati IIB rasmiy munosabatida ma’lum qilindi. 

 Viloyat IIBga köra, 2024 yil 20 fevral kuni fuqaro Ş.V. Cobalt maşinasini “Qöqon-Mulkobod-Gulboğ-Pungan” avtomobil yölining Danğara tumanidan ötgan qismida boşqarib ketayotib, boşqaruvni yöqotib, yölning öng çetida harakatlanib ketayotgan 5 nafar piyodalarni urib yuborgan. Haydovçi hodisa joyidan yaşiringan. 

YTH oqibatida O‘.I. va K.I. hodisa joyida vafot etgan. D.I., O‘.Yo. hamda Ş.J. turli darajada tan jarohat olib, şifoxonaga yotqizilgan. Ammo körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan D.I. va O‘.Yo. ham olgan tan jarohati oqibatida şifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, haydovçi Ş.V.ga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.