Ukraina qurolli kuçlarining Maryinka va Avdiyivkadagi kuçli istehkomlarini egallab olgan Rossiya armiyasi ğarbiy yönalişda hujum amaliyotlarini davom ettirib, ayrim uçastkalarda asta-sekinlik bilan bölsa-da, ilgarilaşga erişmoqda. OAVda şiddatli janglar olib borilayotgan yoki tez orada janglar boşlanişi kutilayotgan aholi yaşaş manzillari nomlari tilga olnmoqda.
BBC harbiy şarhlovçisi Ilya Abişev Donetsk frontidagi vaziyatni tahlil qildi.
«Ukraina faqat oldinga siljişni közlagandi»
Avdiyivka egallanganidan keyin Rossiyaning «Markaz» qöşinlari guruhi qömondonligi öz muvaffaqiyatini rivojlantirdi va ğarb tomon siljişda davom etdi. Hozirda front çiziği Berdiçi — Semyonovka — Orlivka — Tonenke qişloqlari çiziği böylab ötmoqda, uşbu aholi yaşaş manzillari atrofidagi janglarda goh u tomonning, goh bu tomonning qöli baland kelmoqda.
Bu hududdan ğarbroqda Pokrovsk şahri joylaşgan, Rossiya qismlarining yurişi şu şahar yönalişida olib borilmoqda. Şahar vaqti-vaqti bilan öqqa tutib turilibdi, 6 martga ötar keçasi yöllangan zarbalar oqibatida köp qavatli va xususiy uylar, ma’muriy binolar şikastlangan.
Pokrovskka qadar masofa taxminan 30 kilometrni taşkil etadi. Hozirgi uruşda ilgarilaş sur’atlari hisobga olingan taqdirda, bu ança katta masofa sanaladi. Ammo front çiziği va Pokrovsk oraliği — deyarli tabiiy tösiqlarsiz kengliklar va qal’a sifatida foydalaniş mumkin bölgan aholi yaşaş punktlaridan iborat. Raqib bir hamlada ança içkarilaşga erişsa, bunday geografik joylaşuv mudofaalanayotgan tomon uçun falokatga aylanişi mumkin.

Sönggi kunlarda Ukraina qurolli kuçlari Berdiçi — Tonenke uçastkasida faollaşdi. Gap qandaydir qarşi hujum amaliyoti haqida gap ketmayapti — körinib turibdiki, ukrainlar birinçi navbatda öz pozitsiyalarini uşlab turişi hamda yangi mudofaa marralarini tayyorlaş uçun vaqtdan yutişi muhim.
Avdiyivkadan ğarbdagi hududlarning sun’iy yöldoş orqali olingan tasvirlarini örgangan New York Times gazetasi 2 mart kungi maqolasida ukrainlarning istehkomlari «hayratlanarli darajada kuçsizligi», xandaqlar liniyasi — «siyrak va ibtidoiy» ekani, unda rus qöşinlari harakatini sekinlaştirişi kerak bölgan qöşimça inşootlar yöqligi haqida yozgan.
«Rossiyaliklar Ukraina qurolli kuçlarining yurişidan yarim yil oldin mudofaa çiziğini qurişni boşlagandi, Ukraina esa bu masala haqida faqat uç oy oldin qayğura boşladi, çunki ular faqat oldinga yurişni közlaşgan. Bundan taşqari, mablağ va işçi kuçi yetişmagan», — deya fikr bildiradi NYT mualliflari.
















