Kiyevda Xitoy hukumatining Yevrosiyo masalalari böyiça maxsus vakili Li Xuey boşçiligidagi delegatsiyasi bilan Ukraina prezidenti va hukumati devonidagi rasmiylarning uçraşuvi bölib ötdi. Tomonlar Ukrainadagi xavfsizlik holati, jang maydonidagi vaziyat, Ukraina «tinçlik formulasi» va unga erişişda Xitoyning iştirokini muhokama qildi. Bu haqda 7 mart, payşanba kuni idora saytida xabar berildi.

Li Xuey Ukrainaga ikkinçi marta taşrif buyurmoqda. Bundan oldin u Rossiya va Yevropa Ittifoqiga ham köp taşrif buyurgan. 2023 yil aprel oyida u Rossiya-Ukraina mojarosini hal qiliş böyiça Xitoy delegatsiyasiga rahbar etib tayinlandi.

«Biz Xitoy bilan hamkorlikni qadrlaymiz va bugungi muzokaralar munosabatlarimizni çuqurlaştiriş va mustahkamlaş yölidagi navbatdagi qadam bölişiga umid qilamiz», — dedi XXR delegatsiyasi taşrifi çoğida Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak.

Bundan taşqari, xabarda aytilişiça, Xitoy delegatsiyasiga KXDRda işlab çiqarilgan urib tuşirilgan rus raketasining bölaklari hamda Rossiyaga berilgan va u tomonidan hujumlar uçun foydalaniladigan boşqa qurol elementlarining namunalari körsatildi.

Ukraina «tinçlik formulasi» 

2022 yil sentabr oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Indoneziyaning Balida bölib ötgan G20 yetakçilari sammiti çoğida Ukraina va Rossiya örtasidagi kelajak tinçlik böyiça özining 10 banddan iborat qaraşlarini taqdim etdi. Ular orasida, jumladan, Ukrainaning yadroviy, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlaş, barça asirlar va deportatsiya qilinganlarni ozod qiliş, Rossiya qöşinlarini olib çiqiş va harbiy harakatlarni töxtatiş bor. 

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Zelenskiyning formulasini «amalga oşirib bölmaydigan» deb atagan bölsa, AQŞ prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Şols buni aksinça olqişladi.