Norvegiya şimolida alyans hududiga qilingan hujumni qaytariş uçun NATOning keng kölamli maşğulotlari ötkazilmoqda. Germaniya Bundesveri ma’lumotlariga köra, 7 mart, payşanba kuni yarim tunda boşlangan Nordic Response - 2024 («Şimoliy javob») manyovrlarida 1500 ga yaqin nemis askari, jumladan, 700 toğlarda harakatlanuvçi miltiqçi qatnaşmoqda.
Maşğulotlarning birinçi kunida askarlar Norvegiyaning Alta şahri hududidan (Rossiya bilan çegaradan taxminan 500 km uzoqlikda) uning janubida joylaşgan hududlarni ozod qiliş uçun «aksilhujum» ötkazişi kerak. Manyovrlar ssenariysiga köra, bu joy allaqaçon «duşman tomonidan bosib olingan».
Norvegiya ma’lumotlariga köra, Nordic Response - 2024’da 13 ittifoqçi davlatdan 20 mingga yaqin askar iştirok etmoqda, jumladan, Rossiyaning Ukrainaga hujumidan keyin alyansga qöşilişga qaror qilgan Finlandiya va Şvetsiyadan ham harbiylar bor. Manyovrlarda turli xil qurol tizimlari, jumladan, 100 ta samolyot va fregat hamda suvosti kemalari bilan dengiz kuçlari iştirok etadi.
Nordic Response - 2024 faol bosqiçining boşida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Altaga keldi. Bir kun oldin u Rossiya bilan çegaradagi Norvegiya harbiy bazasiga taşrif buyurdi va hozirda asosiy e’tibor Ukraina va Yaqin Şarqqa qaratilayotganiga qaramay, Bundesverning Uzoq Şimoldagi iştirokini kengaytiriş taklifi bilan çiqdi.













