Özbekistonning BMT va boşqa xalqaro taşkilotlardagi yangi doimiy vakili Eldiyor Toşmatov Jyenevaga bordi va öz vazifalarini bajarişga kirişdi.
U 2023 yil avgustidan Özbekistonning Nyu-Yorkdagi BMT doimiy vakolatxonasiga rahbarlik qilib kelayotgan Uluğbek Lapasov örniga tayinlandi.
Eldiyor Toşmatov tayinlovga qadar Oliy Majlis Senati raisi kotibiyati mudiri lavozimida işlab kelayotgan edi. U 41 yoşda, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi va Toşkentdagi Webster universitetini tamomlagan.
Toşmatov mehnat faoliyatini Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) boşlagan. 2008 yilda Taşqi işlar vazirligiga ötgan. 2017-2019 yillarda taşqi işlar vaziri yordamçisi, uning Kotibiyati rahbari, keyinçalik TIV Taşkiliy-nazorat boşqarmasi boşliği lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2022 yildan buyon Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Kotibiyatiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Toşmatov ingliz, nemis, rus va turk tillarini mukammal biladi.













