Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabek AQŞga taşrifi çoğida Amerikaning Ukrainaga yordami böyiça tösiqlarni olib taşlaşga çaqirdi. «Germaniya Rossiya agressiyasiga uçragan davlatdan özini qarzdor deb hisoblaydi va öz sözini bajaradi. Ğarb erkin dunyosi tomonidan qöllab-quvvatlaş susaymasligi kerak. Işonçim komilki, AQŞ ham xuddi şunday pozitsiyada», - dedi u 7 mart, payşanba kuni AQŞ moliya vaziri Janet Yyellen bilan Vaşingtondagi uçraşuvda.
«Ukrainani qöllab-quvvatlaş Yevropadan kelişi kerak, u Qöşma Ştatlardan bölişi kerak. Şuning uçun tez artilleriya işlab çiqariş, harbiy yordam va mamlakatni tiklaş uçun pul topiş lozim», - deya ta’kidladi AQŞda uç kunlik taşrif bilan bölgan Xabek.
Öz navbatida, Yyellen AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonni respublikaçilar tomonidan bloklangan Ukrainaga 60 milliard dollarlik harbiy yordam paketini ma’qullaşga çaqirdi. Respublikaçilar buning evaziga AQŞning Meksika bilan çegarasini himoya qiliş çoralarini kuçaytirişni talab qilmoqda.
Rossiya mulklarini musodara qiliş
Robert Xebek amerikalik siyosatçilarning Rossiya Ukrainaga hujumi ortidan muzlatilgan Rossiya Markaziy banki aktivlaridan kengroq foydalaniş haqidagi çaqiriqlarini rad etib, Yevropada bunday qadam AQŞdagidan farqli natijalarga olib kelişini tilga oldi. Gap Yevropa valutasining barqarorligi haqida bormoqda, deya tuşuntirdi u.
Şu paytgaça Yevropa davlatlari faqat Rossiya aktivlaridan tuşgan foyda foizlarini musodara qilişga tayyorligini bildirgan. Buning sababi, agar Rossiya aktivlari musodara qilinsa, boşqa mamlakatlar ham öz mablağlarini xavf ostiga qöyişi mumkinligi va obligatsiyalarning ommaviy çiqarib olinişi yevro barqarorligiga putur yetkazişi ehtimolidan xavotirlanişdir.
Janet Yyellen Ukrainaning Germaniya va Yevropa tomonidan qöllab-quvvatlanayotganini, şuningdek, Rossiyaga qarşi YeI sanksiyalarini olqişladi. «Şu bilan birga, Rossiya harbiy amaliyotlarni davom ettiriş uçun işlatilişi mumkin bölgan tovarlarni qölga kiritmasligi uçun biz huşyor bölişimiz kerak. Sanksiyalarni amalga oşiriş uçun sanoat va moliya sektori bilan yaqinroq hamkorlik qiliş zarur», - dedi AQŞ moliya vaziri.













