London sudi 7 mart, payşanba kuni Donald Trampga Orbis Business Intelligence kompaniyasiga 300 ming funt sterling (351 ming yevro) tölaşga majburiyatini yukladi. Uning hammuassisi, MI-6 razvedka xizmati sobiq xodimi Kristofer Stil AQŞ sobiq prezidenti haqidagi ma’lumotnoma muallifi bölib, unda Rossiyada unga nisbatan kompromatlar borligi aytiladi.

2023 yil sentabrida Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzod bölişga intilayotgan Donald Tramp şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş böyiça Kristofer Stilni sudga bergani ma’lum böldi. 2024 yil 1 fevralda sud bu da’voni rad etdi. 

«Stil dosesi» 

Donald Trampning Rossiya bilan aloqalari haqida ma’lumot berilgan ma’lumotnoma 2017 yilda Amerikaning BuzzFeed naşri saytida e’lon qilingan edi. U muallif şarafiga «Stil dosesi» deb nomlangan. Unda, xususan, Donald Tramp 2016 yildagi AQŞ prezidentligi saylovi oldidan Rossiyadan yordam söragani, şuningdek, Rossiya rasmiylarida Tramp haqida kompromat ma’lumotlar borligi da’vo qilingan. 

Öşa xabarda naşr ma’lumotnomada xatolar va tasdiqlanmagan bayonotlar borligini ta’kidlagan.

Rossiyaning AQŞ saylovlariga aralaşuvi

2019 yil bahorida AQŞ sobiq maxsus prokurori Robert Myullerning Rossiya Amerikadagi prezidentlik saylovlariga aralaşuvi va Donald Tramp Rossiya bilan ehtimoliy til biriktirgani haqidagi hisoboti çop etilgan edi. Hisobotda aytilişiça, tergov «Tramp kampaniyasi a’zolari Rossiya hukumati bilan saylovlarga aralaşiş harakatlarida til biriktirgan yoki muvofiqlaşganini aniqlamadi», ammo tergovçilar voqealarning töliq holatini birlaştira olmagani ta’kidlangan.

Bundan taşqari, Myuller hisobotida Rossiyaning 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralaşuvi noqonuniy, keng tarqalgan va tizimli bölgani hamda Tramp kampaniyasi bundan foyda körgani haqida xulosa qilingan.