Özbekiston elçisi Amirsaid A’zamxöjayev Polşa taşqi işlar vazirining örinbosari Marek Pravda bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Suhbat davomida Özbekiston-Polşa munosabatlarini yanada mustahkamlaş va avval erişilgan kelişuvlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi. Tomonlarning barça yönalişlar böyiça özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirişga tayyorligi tasdiqlandi.

Joriy yilga rejalaştirilgan qöşma tadbirlar, jumladan, iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston–Polşa hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yiğilişiga puxta tayyorgarlik köriş yuzasidan fikr almaşildi. Şuningdek, Polşa Investitsiyalar va savdo agentligining Toşkentda vakolatxonasini oçiş bilan boğliq masalalarga e’tibor qaratildi.

Şu yilning 13 mart kuni Varşava–Toşkent–Varşava yönalişi böyiça yölga qöyiladigan birinçi töğridan töğri havo qatnovining muhim ahamiyati ta’kidlandi.