Dunyoda sodir bölayotgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning muxtasar şarhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda taniştirişda davom etamiz.
Ğazodagi vaziyat
Oçlikdan azob çekayotgan Ğazoga insonparvarlik yordami taşlaş çoğida 5 kişi halok böldi, 20 kişi yaralandi.
AQŞ va Misr nomidan insonparvarlik yordamlari samolyotdan taşlangan. Sektor şimolidagi Aş-Şatti lagerida paraşyut oçilmay, yuklar insonlarning ustiga kelib tuşgan. Ölganlar orasida bolalar bor.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan HAMAS terroristik taşkilot emas, deb ta’kidlagan. Turkiya yoşlar forumi — TÜGVAda çiqiş qilar ekan, Erdöğan HAMASni yomonotliq qilişga urinayotgan Isroil propagandasiga işonmaslikka çaqirgan.
«HAMAS ular ta’kidlayotganidek terrorçilik taşkiloti emas. Aksinça, bu harakat öz vatani, tuproğini har qanday tahdid va bosimlarga qaramasdan joni evaziga himoya qilayotgan qarşilik harakatidir”, — degan Erdöğan.
Turkiya prezidenti Misr va Iordaniya orqali Ğazoga insonparvarlik yordami yetkazişga harakat qilinayotgani, bugungaça samolyot va kemalarda 37 ming tonna insonparvarlik yordam yetkazilganini aytib ötgan.
Eröğanning va’dasi
Yoşlar oldida çiqiş qilgan Rajab Toyyib Erdöğan 2028 yili bölib ötadigan prezidentlik saylovlarida iştirok etmasligini ta’kidladi.
Öz çiqişida Erdöğan 31 mart kuni bölib ötadigan mahalliy saylovlar qonunçilikka köra uning uçun sönggisi bölişini e’lon qildi.
«Bu men uçun final. Bu saylovlar qonun bilan menga berilgan vakolatlar doirasidagi sönggisidir. Uning yakunlariga köra mening ortimdan kelayotgan birodarlarim qölimdan işimni olişadi», – degan Erdöğan.
Turkiyaning amaldagi rahbari 2023 yili bölib ötgan saylovlarda ikkinçi turda 52,18 foiz ovoz töplab ğolib bölgan edi. Uning raqibi kamolçilarning Jumhuriyat xalq partiyasidan Kamol Qiliçdoröğli 47,82 foiz ovoz töplagan edi.
Darvoqe, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakatga taşrif bilan kelgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan ham uçraşdi.












