Kadastr agentligi xabariga köra, yer qonunbuziliş holatlarini aniqlaş va bartaraf etişda samarali davlat nazoratini amalga oşiriş maqsadida Kadastr agentligi tomonidan “Ye-yer nazorat” dasturi işlab çiqildi. 

Uşbu dastur quyidagi imkoniyatlarni beradi: 

  • nazorat tadbirlarini amalga oşirişda ortiqça qoğozbozlik hamda ehtimoliy korrupsion harakatlarning oldi oliş;
  • yer qonunbuziliş holatlarini aniqlaşdan to bartaraf etişgaça bölgan jarayonlarni monitoring qilib boriş;
  • yerga oid qonunbuzilişlar va ularni bartaraf etilişi töğrisidagi statistik ma’lumotlarni avtomatlaştirilgan elektron hisobini yuritiş;
  • yerlarni özboşimçalik bilan egallaş, yerlardan maqsadsiz foydalaniş, köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş uçun öz muddatida murojaat qilmaslik holati böyiça manzilli ma’lumotlar bazasini yaratiş.