AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Özbekistonda barqaror va inklyuziv iqtisodiy ösişni rağbatlantirişga qaratilgan «Biznesni qöllab-quvvatlaş» loyihasini işga tuşirdi. 5 mart kuni dasturning taqdimoti ötkazildi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

Biznesni qöllab-quvvatlaş loyihasi beş yilga möljallangan bölib, USAID buning uçun 17,7 million dollar miqdorida mablağ ajratişni rejalaştirgan. Mazkur loyiha ikkita asosiy maqsadga erişişga qaratilgan: xususiy sektor ösişida tösiqlarni bartaraf etiş hamda sektorda investitsiyalar va moliyalaştiriş imkoniyatlarini oşiriş.

Loyiha törtta asosiy yönaliş: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), turizm, tekstil hamda yaşil iqtisodiyotda kiçik va örta bizneslarning raqobatbardoşligini oşirişni qamrab oladi.

Tadbirda nutq sözlagan USAID Özbekistondagi missiyasi direktori Devid Xofmanning ta’kidlaşiça, mazkur loyiha mamlakatda biznes rivojlanişi va innovatsiyalar uçun yanada qulay muhit yaratişga, Özbekistonning umumiy iqtisodiy farovonligiga hissa qöşadi.

Grant oliş jarayoni ikki bosqiçli bölib, birinçisida ariza beruvçilar tomonidan loyiha konsepsiyasi taqdim etiladi. Ikkinçi bosqiçda esa saralangan arizaçilar tomonidan töliq loyiha arizasi qabul qilinadi. Taklif etilayotgan dasturlarning davomiyligi 12 oygaça bölişi kerak.